43.25K
Category: industryindustry

AES va IESni solishtirish

1.

Mavzu:
AES va IESni solishtirish

2.

Atom elektr stansiyasi
(AES) — texnologik sxemasi
jihatidan issiqlik elektr
stansiyalari turiga kiruvchi
elektr stansiya. Oddiy issiqlik
elektr stansiyalari (TES)da
koʻmir, neft, qoramoy
(mazut) va gaz yoqilsa, atom
elektr stansiyasida yoqilgʻi
sifatida uran ishlatiladi.
Issiklik elektr stansiyalari
(IES) — qattiq, suyuq va gaz
holatdagi organik yoqilgʻilarning
issiqlik energiyasini elektr
energiyasiga aylantiradigan
qurilmalar majmui. Asosiy
energetik agregatlar qatoriga suv
yuradigan quvurlar (trubalar)
batareyasidan iborat qozon tizimi,
bugʻ turbina (bugʻ dvigatel) lari va
turbogeneratorlar kiradi.

3.

Atom elektr stansiyalarining ustunliklariga quyidagilar kiradi:
-elektr energiyasi ishlab chiqarish arzonga tushadi;
- gaz bilan ishlaydigan 1000 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasi
atmosferaga yiliga 13 ming tonna va ko‘mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr
stansiyasi 165 ming tonna zararli modda chiqaradi. 1000 MVt quvvatga ega IES
yiliga 8 million tonna kislorod yutadi. AES kislorod iste'mol qilmaydi va
yuqoridagidek zararli chiqindilar chiqarmaydi;
- ularni yirik yonilg‘i manbasi yaqinida qurish uchun zarurat yo‘q. IESga ko‘mir va
gaz keltirish katta xarajatlarni talab qiladi, AESga kerakli uran esa bitta yuk
mashinasiga joylashishi mumkin;
- foydalanilgan yonilg‘ini qayta ishlab, undan yana yonilg‘i sifatida foydalaniladi;
- yuqori quvvat: bitta energoblokning quvvati 1000—1600 MVtni tashkil qiladi.

4.

Atom elektr stansiyalari quyidagi kamchiliklarga ega:
- nurlangan yonilg‘i xavfli hisoblanadi, uni qayta ishlash va saqlash
murakkab jarayon hamda ko‘p mablag‘ talab qiladi;
- AES qurish uchun katta mablag‘ va juda ko‘p suv kerak bo‘ladi;
- AES katta miqdordagi radioaktiv chiqindilar chiqaradi va ularni
saqlash uchun katta infratuzilma talab etiladi;
- AES bilan baxtsiz hodisa yuz berish ehtimoli judayam kam,
ammo biror kor-hol sodir bo‘lsa og‘ir oqibatlarga olib kelishi
mumkin.

5.

IESda ishlatiladigan yoqilgʻi issiqlik energiyasining faqat
30% gina foydali elektr energiyasiga aylantiriladi, yaʼni
IES ning foydali ish koeffitsiyenti 30% ga tengdir.
Foydali ish koeffitsiyenti qiymatini oshirish maqsadida
qozondagi bugʻ bosimi iloji boricha yuqori qilinadi va
turbina parraklaridan oʻtib, ish bajarib boʻlgan bugʻning
hammasi sovitkichlar vositasida sovitilib, qayta suvga
aylantiriladi (kondensatlanadi) va qozon tizimiga
yuboriladi. Bunday IESni kondensatsiyey elektr
stansiyalari (KES) deyiladi va ularda foydali ish
koeffitsiyenti qiymati h=30—35% gacha koʻtcariladi
English     Русский Rules