Similar presentations:
“PEPSI,COLA”ichimliklarini “SSSR”ga kirib kelishidagi va chiqib ketishidagi dolzarb qiyinchiliklari
1.
“PEPSI,COLA”ichimliklarini“SSSR”ga kirib kelishidagi va
chiqib ketishidagi dolzarb
qiyinchiliklari.
2.
1917 yilda sodir bo‘lgan Oktyabr to‘ntarishi Yevrosiyoning juda kattamintaqasida bozor qonuniyatlarini o‘zgartirib yubordi. Rossiya
imperiyasi tugatilib, o‘rniga «sovetlar mamlakati» paydo bo‘lar ekan,
yangi tuzum xususiy mulk egalariga qarshi ayovsiz kurash boshlaydi.
Avvaliga zavod va fabrikalar tortib olinadi. Keyin do‘kondorlarga
hujum boshlanadi. 1920-yillar oxiriga kelib kollektivlashtirish
bahonasida butun mamlakat bo‘ylab odamlarning yer va mulklari
oxirigacha tortib olinadi. Shu tariqa asrlar davomida shakllanib
kelgan xususiy mulk munosabatlari to‘liq mahv etiladi.
3.
1930-yillarda mamlakatda juda katta qurilishlar boshlab yuboriladi.Ammo kerakli mutaxassislar yetishmasdi. Ana shu paytda SSSRga
dunyoning turli davlatlaridan ko‘plab kompaniyalar o‘z mutaxassislari
bilan kelib ishlaydi. Ular orasida AQShliklar ham bor edi.
1937 yilda Stalin qatag‘onlari boshlangach, xorijiy mutaxassislarning bir
qismi qochib qutuladi. Boshqalari esa ayg‘oqchilikda ayblanib,
jazolanadi. Shundan so‘ng uzoq yillar davomida SSSRning G‘arb
davlatlari bilan iqtisodiy aloqalari eng yomon ko‘rinishga keladi.
Stalin vafotidan keyin bir muddat SSSR va AQSh munosabatlari
yumshaganday bo‘ladi. Mamlakat rahbari Nikita Xrushchev AQShga
tashrif buyuradi.
4.
06.12.20245.
Bunga javoban 1959 yilda Moskvada AQSh milliy sanoat ko‘rgazmasitashkil etiladi va unga vitse-prezident Richard Nikson tashrif buyuradi.
Ammo 1960-yillar boshida sodir bo‘lgan Karib inqirozi davrida SSSRning
G‘arb bilan aloqalari yana yomonlashadi.
1964 yil 14 oktyabrda SSSR rahbari o‘zgaradi. Xrushchev o‘rniga Leonid
Brejnev KPSS markaziy qo‘mitasi bosh kotibi bo‘ladi. O‘sha paytda
Vetnam urushi davom etayotgan va unda AQSh armiyasi janubliklarga,
SSSR harbiylari shimolliklarga yordam berayotgan edi. Shu sababli har
ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar sovuqligicha qolad
6.
SSSRda Pepsi Sola korxonasining qurilishiSSSRda Pepsi Sola avvallari sotilmagan. Faqat 1959 yilda
Moskvada o‘tkazilgan AQSh milliy sanoat yarmarkasida bu
ichimlik ilk bor taqdim etilgandi.
AQSh Milliy sanoat yarmarkasining tashkilotchisi vitse prezident
Richard Nikson edi. O‘shanda yarmarkada PepsiCo kompaniyasi
bosh direktori Donald Kendall ham o‘z mahsulotlari bilan
qatnashadi.
Yarmarka bo‘lib o‘tgan kunlarda unga tashrif buyuruvchilarga
Pepsi Sola ham taqdim etiladi va bu ichimlik ko‘pchilikning
mehrini qozonadi.
7.
PepsiCo kompaniyasi o‘shandayoq SSSR bozoriga kirishni xohlagandi. Ammo Karib havzasidajoylashgan Kuba oroli tufayli kelib chiqqan mojaro tufayli bu amalga oshmay qoladi.
Richard Niksonning sovet ittifoqiga 1972 yilda amalga oshirgan birinchi tashrifida SSSR va
AQSh o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik shartnomalari imzolanadi. Shundan so‘ng har ikki
mamlakat o‘rtasida mahsulot ayirboshlash boshlanadi.
O‘sha paytda SSSRda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar orasida amerikaliklarning talabiga
javob beradiganlari yo‘q edi. Shu sababli ular asosan xomashyo sotib oladi va o‘rniga tayyor
mahsulotlar jo‘natiladi.
Jumladan, 1973 yilda SSSRga AQShdan Pepsi Sola salqin ichimligining birinchi partiyasi yetib
keladi. Ichimlik sovet xaridorlariga manzur kelgach kompaniya rahbarlari SSSR savdo
ministrligi bilan muzokara o‘tkazib, SSSRda zavod ochish bo‘yicha kelishuvga erishadi. Shu
tariqa PepsiCo kapitalistik G‘arbdan kelib SSSRda mahsulot ishlab chiqargan ilk kompaniyaga
aylanadi.
O‘sha paytda PepsiCo’ning barcha korxonalar davlatga tegishli bo‘lgan SSSRda salqin ichimlik
ishlab chiqaruvchi korxonani ochishi katta jasorat edi. Buning ustiga, G‘arb mahsulotlari
SSSRda «Kapitalistlar mahsuloti» deb talqin qilinar, bunday sharoitda xaridorlarni jalb qilish
biroz qiyin bo‘lishi ehtimoli ham bor edi.
8.
9.
1973 yilda Krasnodar o‘lkasidagi Novorossiysk shahrida yangi zavod qurilaboshlanadi va u 11 oyda bitadi. 1974 yilda zavod ishga tushiriladi va u yerda Pepsi
Sola ishlab chiqarila boshlanadi. Bu ichimlikka qo‘shiladigan asosiy qo‘shimcha
PepsiCo’ning Irlandiyadagi zavodidan kelar edi.
O‘sha paytda Novorossiyskdagi korxona bir sutkada 160 ming shisha idishda Pepsi
Sola ishlab chiqargan. O‘zaro kelishuvga ko‘ra SSSRda ishlab chiqarilgan ichimlik
yorlig‘iga brend nomi kirill alifbosida yozilgan edi.
Pepsi Sola oddiy sovet limonadlariga qaraganda ancha sifatli bo‘lgani uchun tezda
mamlakat bo‘ylab ommalashadi. Shundan so‘ng kompaniya ishlab chiqarishni
kengaytira boshlaydi.
Keyingi yillarda birin-ketin boshqa shaharlarda ham zavodlar ochiladi. Jumladan, 1978
yilda Yevpotoriyada, Leningradda (hozirgi Sankt-Peterburg), Novosibirsk va Moskvada
Pepsi Sola ishlab chiqariladi.
Pepsi Sola 0,33 litrli shisha idishga quyilar va turli shaharlarda 45-50 tiyindan sotilardi.
10.
Moskva olimpiadasi tufayli kelib chiqqan raqobatMa’lumki, AQShning turli yirik kompaniyalari o‘zaro raqobatda ishlaydi. Shu
jumladan PepsiCo va AQShning yana bir yirik kompaniyasi Coca-Cola
Company dunyo bo‘ylab o‘zaro raqobatda ishlagan.
1979 yilga kelib PepsiCo va Coca-Cola Company o‘rtasida SSSR bilan bog‘liq
kichik mojaro yuzaga keladi.
1980 yilda yozgi olimpiada o‘yinlari o‘tkazilishini Moskva shahri yutib olgandi.
1979 yilda dunyoning ko‘plab mamlakatlari SSSRning Afg‘onistonga bostirib
kirishiga norozilik sifatida Moskvadagi olimpiadada qatnashmasligini ma’lum
qiladi. Ular orasida AQSh ham bor edi.
Garchi Amerika Moskvadagi musobaqaga o‘z sportchilarini yubormasligini
aytgan bo‘lsa-da, olimpiada boshlanishi arafasida Coca-Cola Company va
PepsiCo o‘rtasida kichik mojaro yuzaga keldi.
11.
Coca-Cola Company o‘sha paytlarda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bilan olimpiya o‘yinlariningasosiy ichimligi va homiysi bo‘lish uchun shartnoma imzolagandi. Kompaniya Moskva
olimpiadasigacha bo‘lgan musobaqalarda ham olimpiya o‘yinlarining asosiy homiylaridan biri
bo‘lib kelayotgandi.
Moskva olimpiadasi tashkilotchilari G‘arb davlatlarining boykotidan so‘ng musobaqaga
SSSRda mahsulot ishlab chiqarayotgan PepsiCo kompaniyasi asosiy homiy bo‘lishi haqida
ma’lum qilishadi. Sovetlarning bunday qarori xalqaro olimpiya qo‘mitasini noqulay ahvolga
solib qo‘yadi.
Shundan so‘ng xalqaro olimpiya qo‘mitasi tashkilotchilar bilan muzokaralar o‘tkazadi. Sovetlar
avvaliga Coca-Cola Company’ning Moskva olimpiadasiga asosiy homiy bo‘lishiga qarshi
bo‘lishadi. Bundan asosiy homiylik uchun xalqaro olimpiya qo‘mitasiga millionlab dollar
mablag‘ ajratayotgan Coca Sola kompaniyasi mutasaddilari norozi bo‘lishadi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Moskva olimpiadasi tashkilotchilari bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Qo‘mita biroz yon berish hisobiga Coca Cola Company Moskva olimpiadasiga homiylik qilishi
bo‘yicha kelishuvga erishadi.
Sovetlar olimpiyaning asosiy ichimligi sifatida Coca Cola Company’ning eng mashhur ichimligi
Coca Sola emas, Fanta qatnashishi mumkinligini aytishadi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va CocaCola Company vakillari noiloj rozi bo‘lishadi.