Similar presentations:
10-sinf. Geografiya. Xalqaro iqtisodiy aloqalar geografiyasi
1.
Бисмиллаҳир Роҳманир РоҳиймASSALOMU ALAYKUM !
@geography_method
2.
Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм22-§. Xalqaro iqtisodiy aloqalar geografiyasi
3.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar, eksport, import, savdo balansi,valyuta, xalqaro savdo, xalqaro turizm.
4.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar deb, davlatlar o‘rtasidagi, xalqaro tashkilot vakorporatsiyalar ishtirokidagi xo‘jalik aloqalariga aytiladi.
5.
Unga ilmiy-texnik taraqqiyot, davlatlararo ijtimoiy-iqtisodiy tafovut, jahonmintaqalaridagi siyosiy vaziyat, xalqaro iqtisodiy integratsiya kabi omillar
ta’sir ko‘rsatadi.
6.
Xalqaro iqtisodiy aloqalarning xalqaro savdo, moliya munosabatlari, xalqaroturizm, mehnat resurslarining xalqaro migratsiyasi, xalqaro ilmiy-texnik
hamkorlik kabi ko‘rinishlari mavjud.
7.
Ular orasida xalqaro savdo eng katta ahamiyatga ega. U davlatlar o‘rtasidaxomashyo, mahsulot va xizmatlarni o‘zaro ayirboshlashga asoslangan xalqaro
savdo munosabatlari tizimidir.
8.
Davlatlarning tashqi savdo hajmi tashqi savdo aylanmasi orqali aniqlanadi.AQSH, Xitoy, Germaniya, Yaponiya, Fransiya tashqi savdo aylanmasi
hajmiga ko‘ra jahonda yetakchilik qiladi.
9.
Xalqaro savdoning 3/4 qismini mahsulotlar savdosi tashkil qiladi. Mashina vajihozlar, transport vositalari, kimyoviy mahsulotlar kabilar xalqaro savdoda
talab yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlar hisoblanadi.
10.
Jahonning rivojlangan davlatlari xalqaro savdoning 60 % dan ortig‘inita‘minlaydi. Tashqi savdoda globallashuv jarayoni tez sur’atlarda o‘sib
borishiga qaramay, davlatlar va mintaqalar orasida katta hududiy tafovutlar
saqlanib qolmoqda.
11.
Tashqi savdoning deyarli 90 % i G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, OsiyoTinch okean mintaqasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mintaqalar, asosan,tayyor mahsulotlar va yuqori sifatli xizmat bilan savdo aloqalarini o‘rnatsa,
12.
Afrika, Lotin Amerikasi hamda Osiyoning rivojlanayotgan davlatlari jahonbozoriga, asosan, mineral resurslar, o‘rmon va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
olib chiqadi.
13.
So‘nggi yillarda xorijda o‘z ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirishmaqsadida kapital qo‘yilma kiritish hamda foyda olish jarayoni – kapital
eksporti kuchayib bormoqda.
14.
Katta miqdordagi kapital rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotigayo‘naltirilmoqda. AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy
kabilar jahonning eng yirik kapital eksportyorlari hisoblanadi
15.
Xalqaro turizm ham tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy ko‘rinishlaridan birihisoblanadi. Turizm jahon YMMning deyarli 10% ini, xizmatlar eksportining
esa 1/3 qismini beradi.
16.
Ispaniya, Gretsiya, Italiya, Kipr kabi davlatlar mazkur sohani o‘z milliyiqtisodiyotlarining ixtisoslashgan tarmog‘iga aylantirishgan.
17.
Jahon mintaqalari orasida Yevropa turistik oqimning eng katta qismini o‘zigayo‘naltirganligi bilan ajralib turadi.
18.
Ushbu qit’a davlatlari orasida Fransiya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, BuyukBritaniya yillik tashrif buyuruvchi sayyohlar soniga ko‘ra jahonning birinchi
o‘ntalik davlatlari orasidan o‘rin olgan.
19.
So‘nggi yillarda Osiyoning xalqaro turizmdagi ahamiyati ortmoqda. Ayniqsa,Sharqiy Osiyo, Janubi-sharqiy Osiyo va Janubi-g‘arbiy Osiyo davlatlari ko‘p
sonli sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda.
20.
Afrika qit’asi davlatlari orasida turizm sohasida Shimoliy Afrika davlatlarialohida ajralib turadi. Qirg‘oqbo‘yida dam oluvchilarni, asosan, Marokash,
Tunis yoki Misr,
21.
tarixiy turizm ixlosmandlarini esa Misr ehromlari, qadimiy Karfagenko‘rinishlari o‘ziga jalb qiladi.
Misr ehromlari
Karfagen
22.
Amerika qit’asi turizmida AQSH, Meksika, Karib havzasi davlatlari kattasalmoqqa ega.
23.
Avstraliya va Okeaniya mintaqasi turizmida qirg‘oqbo‘yi hududlaridagi damolish maskanlarining ahamiyati katta.
24.
Hozirgi kunda turizmning an‘anaviy ko‘rinishlari (tabiiy, diniy, tarixiy) bilanbir qatorda ekoturizm, agroturizm, ishbilarmonlik, sport, shoping, ekstremal
turizm kabi ko‘rinishlari ham rivojlanmoqda.
25.
Topshiriqlar•1. Mavzuni o`qish
•2. 42-rasm va 16-jadvalni chizib kelish
•3. Kitobdan 4 topshiriqni bajarib
kelish
•4. Muhim ma’lumotlar
26.
© Foydalanilgan adabiyotlar:• A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. Fedorko – Geografiya
(Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
9- sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent – “O‘zbekiston” – 2019
27.
© Internet manbalari:www.grandars.ru
www.osp.ru
www.oneu.edu.ua
www.syl.ru
www.int.krok.edu.ua
www.denetim.com
www.spravochnikvs.com
www.businessman.ru
www.pingwing.com
www.ceylontoday.lk
www.west.co.uk
www.capitalexports.com
28.
© Internet manbalari:www.studentlib.com
www.tourprom.ru
www.pegast-kazan.ru
www.skidka02.ru
www.tripadvisor.ru
www.diplomatist.com
www.euroupe.turizm.ru
www.turizm.vorld
www.restbee.ru
www.turiststory.com
www.turizmy.net
www.visasam.ru
www.tourlib.net
29.
© Qambarov AlimbekXatolari bo‘lishi mumkin, tekshirib ko‘ring.
• Telegram manzil:
https://t.me/@geography_method