1.14M
Category: ecologyecology

Shahar hududini obodonlashtirish fanidan mustaqil ish

1.

SHAHAR HUDUDINI
OBODONLASHTIRISH
FANIDAN
MUSTAQIL ISH
TEKSHIRDI: OLTIYEV O’
BAJARDI: JO’RABOYEV R

2.

MAVZU: O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindini to‘plash va qayta
ishlashda amalga oshirilayotgan islohotlar.
Reja:
1. Qattiq maishiy chiqindini to’plash va qayta ishlash;
2. Chiqindini qayta ishlashdan olinadigan foydalar;
3. Sohadagi e’tiborga olinadigan jihatlar;
4. Xulosa;
5. Foydalanilgan adabiyotlar;

3.

• Bugungi kunda dunyo miqyosida chiqindilar muammosi eng dolzarb ekologik
masalalardan biriga aylanib bormoqda. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, soʻngi yillarda
maishiy va sanoat chiqindilari yildan-yilga koʻpayib boryapti. Ayniqsa, XXI asrda
maishiy chiqindilar hajmining oʻsishi ekologik barqarorlikka juda katta salbiy taʼsir
koʻrsata boshladi.
• Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini taʼminlash, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilash borasida
izchil ishlar olib borilmoqda.

4.

• Ishlab chiqarish sohalarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash va qayta
jihozlash natijasida atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalarning miqdori 2,1martaga, oqava suvlarning tashlanishi 2-martaga kamaydi.
• Shu bilan birga, bu borada oʻtkazilgan tahlil natijalari atrof-muhitni muhofaza qilish
sohasida davlat funksiyalarini amalga oshirishda kompleks yondashuv va strategik
rejalashtirishning mavjud emasligi, shuningdek, qoʻyilgan vazifalarni samarali
bajarish uchun tabiatni muhofaza qilish organining vakolatlari yetarli emasligidan
dalolat beradi.

5.

6.

• Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini
belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari
profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini joriy etish,
respublika aholi punktlarining sanitariya va ekologik holati uchun davlat organlari,
xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy javobgarligini
kuchaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Qoʻshma qarori
bilan tasdiqlangan “Toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarda tizimlashtirilishi va
unifikatsiya qilinishi lozim boʻlgan qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha
«Yoʻl xaritasi”ga kiritilgan yangi tahrirdagi “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun
loyihasida oʻz aksini topgan.

7.

• Mazkur hujjat chiqindilar boʻyicha muammolarni hal etishda amalga oshiriladigan
ishlarning strategik yoʻnalishi va muvofiqlashtirishning asosi boʻlib xizmat qiladi. Bu
jarayonda asosiy eʼtibor avvalo, chiqindilarni boshqarish sohasidagi davlat siyosatini
va harakatlar samaradorligini oshirishga va ularni qisqartirishga, imkon darajasida
ulardan qayta foydalanish hamda ikkilamchi qayta ishlashga qaratilgan.
• Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni
tartibga solish hamda chiqindilarga oid ekologik siyosat yuritish maqsadida
amaldagi bir qancha normalarning eskirgani sababli yangi tahrirdagi “Chiqindilar
toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.

8.

9.

• Qonunning asosiy vazifasi chiqindilarning fuqarolar hayotiga va sogʻligʻiga, atrofmuhitga zararli taʼsirining oldini olish hamda chiqindilar hosil boʻlishini
kamaytirishdan iboratdir. Shuningdek, qonun loyihasida chiqindilar bilan bogʻliq
ishlarni amalga oshirish borasida aniq vakolatli davlat organini belgilash koʻzda
tutilmoqda. Mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, sohada faoliyat koʻrsatayotgan yuridik
shaxslarga shart-sharoit yaratib berish, ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash,
maishiy roʻzgʻor chiqindilarini utilizatsiya qilishni tashkil etgan holda atrof-muhitga,
insonlar sogʻligʻi va mulkiga salbiy taʼsirini kamaytirish bilan bogʻliq
meʼyorlar belgilanyapti.

10.

• Chiqindilarni qayta ishlash sohasini rivojlantirishda iqtisodiy usullardan
foydalanishni yoʻlga qoʻyish, xorijiy investitsiyalarga yoʻl ochish, ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish hisobiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning huquqiy
asoslarini mustahkamlash maqsadga muvofiqdir.
• — Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini himoyalash,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni taʼminlashga
yoʻnaltirilgan islohotlar yana-da izchil davom etishi, chiqindilar boʻyicha
muammolarni hal etishda amalga oshiriladigan ishlarning huquqiy asoslari
mustahkamlanishi fraksiyamiz elektorati manfaati nuqtayi nazaridan muhim
ahamiyatga egadir, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari,
Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari B.Alixonov.

11.

12.

• – Hozirda mazkur qonun loyihasini yana-da takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.
• Yangi tahrirdagi “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun mamlakatimizda ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari takomillashtirishga, chiqindilar qayta ishlanishi
rivojiga, eng muhimi, ekologik madaniyatning yuksalishiga xizmat qiladi. nisbatan
talabni ragʻbatlantirish mexanizmlarini, shu jumladan, davlatning “yashil xaridi”
tizimini ishlab chiqish;
• - qoldiq chiqindilarni joylashtirish uchungina poligonlar faoliyatiga ruxsat berish,
poligonlar ochishni taqiqlash;
• - qayta ishlanmagan chiqindilarni koʻmishni taqiqlash;

13.

• - Shvetsiya tajribasidan kelib chiqib, chiqindilarni yoqish va ulardan muqobil
energiya manbalari olish imkoniyatlarini kengaytirish;
• - chiqindilarni qayta ishlash sohasida ekotexnoparklar tashkil etish;
• - mahalliy hokimiyat organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subektlarga
koʻrsatilayotgan lizing xizmatlari koʻlamini yangi ekologik texnologiyalar,
chiqindilarni boshqarishni optimallashtirish uchun mashina va uskunalarni sotib
olish nuqtayi nazaridan kengaytirish;
• - chiqindilarni qayta ishlash infratuzilmasini maqsadli qurish (modernizatsiya qilish),
texnologik qayta jihozlash uchun ekologik toʻlovdan foydalanish imkoniyatlarini
koʻrib chiqish;

14.

15.

• - chiqindilarni utilizatsiya qilish sohasida turli xil chiqindilarni qayta ishlash bilan
bogʻliq atrof-muhitga yetkazilgan zararga qarab tabaqalashtirilgan soliqqa tortish
tizimini joriy etish;
• - maqsadli investitsiya loyihalari, shu jumladan chiqindilarni qayta ishlash
kompleksini yaratish uchun kreditlar boʻyicha foiz stavkalarini subsidiyalash;
• - chiqindilarni qayta ishlashning yangi texnologiyalarini oʻzlashtirgan korxonalarga
soliq imtiyozlarini qoʻllash;
• - ikkilamchi moddiy resurslardan tayyorlangan mahsulotlarga nisbatan QQSni bekor
qilish.

16.

• Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini taʼminlash, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilash borasida
izchil ishlar olib borilmoqda. Ishlab chiqarish sohalarini zamonaviy texnologiyalar
bilan jihozlash va qayta jihozlash natijasida atmosferaga chiqarilayotgan zararli
moddalarning miqdori 2,1-martaga, oqava suvlarning tashlanishi 2-martaga
kamaydi.
• Shu bilan birga, bu borada oʻtkazilgan tahlil natijalari atrof-muhitni muhofaza qilish
sohasida davlat funksiyalarini amalga oshirishda kompleks yondashuv va strategik
rejalashtirishning mavjud emasligi, shuningdek, qoʻyilgan vazifalarni samarali
bajarish uchun tabiatni muhofaza qilish organining vakolatlari yetarli emasligidan
dalolat beradi.

17.

18.

• Xulosa
• Bugungi kunda dunyo miqyosida chiqindilar muammosi eng dolzarb ekologik
masalalardan biriga aylanib bormoqda. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, soʻngi yillarda
maishiy va sanoat chiqindilari yildan-yilga koʻpayib boryapti. Ayniqsa, XXI asrda
maishiy chiqindilar hajmining oʻsishi ekologik barqarorlikka juda katta salbiy taʼsir
koʻrsata boshladi.

19.

• Foydalanilgan adabiyotlar;
• 1. Wikipedia.uz
• 2. Xalq so’zi gazetasi
• 3. Kun.uz manbasi
English     Русский Rules