Similar presentations:
Mantiq ilmining predmeti va ahamiyati
1.
MANTIQ ILMINING PREDMETI VAAHAMIYATI
2.
REJA:1. Tafakkur-mantiq ilmining o’rganish obyekti.
Mantiqni o’rganishning ahamiyati.
2. Tafakkur shakli va Tafakkur qonuni
tushunchalari.
3. Formal mantiqning predimeti.Formal
mantiqning asosiy qonunlari.
4.Qadimgi Yunonistonda mantiqqa oid
bilimlarning shakllanishi.
3.
«Mantiq» («Logika») eng qadimgi fanlardan biri bo‘lib, uning asoschisi yunon faylasufiAristoteldir. Logos atamasi grek tilida «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarni
ifodalaydi. “Mantiq” atamasi logika terminiga ekvivalent xisoblanadi. Mantiq (logika) atamasi
quyidagi ma’nolarda qo‘llanadi: birinchidan, ob’ektiv olam qonuniyatlarini ifodalashda (masalan,
«ob’ektiv mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi iboralarda); ikkinchidan, har bir insonning o‘ziga xos
tafakkurlash usulini, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni anglatishda (masalan, «sub’ektiv mantiq»
iborasida) va uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fan ma’nosida.
Mantiq ilmining o‘rganish ob’ektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» ham arabcha so‘z bo‘lib,
o‘zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so‘zlariga teng ma’noli tushuncha sifatida qo‘llaniladi.
Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson
miyasida sub’ektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va
oxirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi. Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va
shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Bu jarayonni shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish
mumkin: hissiy bilish va aqliy bilish. Hissiy bilish (sezgi organlari vositasida bilish) uning dastlabki
bosqichi bo‘lib, unda inson sezgi organlari yordamida predmet va hodisalarning tashqi
xususiyatlari va munosabatlari haqida ma’lumotlarni oladi. Sezgi, idrok va tasavvur hissiy bilish
shakllari xisoblanadi.
4.
Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida subyektiv, ideal obrazlarshaklida aks etishidan iborat. Bilishning maqsadga muvofiqligini, yaxlitliligi, tizimliligini aql, ya’ni
tafakkur belgilaydi. Tafakkurning mantiq obyekti sifatidagi o‘ziga xosligi va bilishda tutgan o‘rni
to‘g‘risida aniq tasavvur hosil qilish uchun bilishning manbalari, turlari, darajalari,metodlarini ifoda
etuvchi ba’zi fundamental tushunchalarning ma’no-mazmuni va o‘zaro munosabatini qisqacha ko‘rib
chiqamiz.
Aql (aqliy mushohada, tafakkur) insonga xos buyuk hislat, ne’matdir. Aql (lot. Rationalis; yun.
nus, fronesis; arab. al-aql – asoslangan, maqsadga muvofiq) – insonga o‘ylash, fikrlash, anglash va
xotirlash, xulosa chiqarish imkonini beradigan qobiliyati, noyob ma’naviy hodisa. Bizning maqsadimiz
kontekstida “aql”, “aqliy mushohada”, “tafakkur” tushunchalarini bir xil ma’noga ega deb olish mumkin.
Inson hayoti, faoliyati aqliy mushohada asosida qurilgan bo‘ladi; amalga oshiradigan har bir ishida
maqsad mavjud bo‘lib, unda, odatda, “mantiqiy ish” izlarini topish mumkin. Hosil qilingan xulosa, unga
taya’ni b sodir qilinadigan amaliy harakat, uning to‘g‘ri yoki xato bo‘lishidan qat’i nazar, fikrlash,
tafakkur natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Aql, tafakkur bilish manbalaridan biridir. U bilishning boshqa vositalari, xususan, hissiy
mushohada (sezgi, idrok, tasavvur), irratsionallik (masalan, intuitsiya) bilan birgalikda mavjud. Ularning
o‘ziga xos xususiyatlari hamda munosabatlari to‘g‘risida turli xil qarashlar mavjud. Masalan, Aristotel
aqlning bilishdagi rolini yuksak baholagan, uning bir qancha shakllarini, xususan, nazariy va amaliy
aqlning nus va fronesis, sust va faol shakllarini farqlagan.
5.
“TAFAKKUR SHAKLI” VA “TAFAKKUR QONUNI” TUSHUNCHALARITafakkur uch xil shaklda: tushuncha, mulohaza (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida
mavjud.Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish usuli, uning
strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifoda qilingan belgilari
haqidagi axborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining tabiatini konkret misollar yordamida ko‘rib
chiqamiz. Ma’lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (to‘plami) kishilar tafakkurida turli xil mazmunga
ega bo‘lgan tushunchalarda aks ettiriladi. Masalan, “davlat” tushunchasida o‘zining maydoniga,
aholisiga, boshqaruv vositalariga ega bo‘lgan siyosiy tashkilot aks etadi. «Ilmiy nazariya» tushunchasida
esa predmetlarning birorta sohasiga oid bo‘lgan va ular haqida yaxlit tasavvur beradigan, ma’lum bir
metod yordamida qurilgan tushunchalar sistemasi ifoda etilgan. Mazmun jihatdan turli xil bo‘lgan bu
tushunchalar mantiqiy shakliga ko‘ra bir xildir: har ikkalasida predmet uning muhim belgilari orqali fikr
qilingan «o‘z maydoniga egaligi», «aholisining mavjudligi», «boshqaruv vositalariga egaligi», «siyosiy
tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim xususiyatlari hisoblanadi. Xuddi shuningdek, «predmetlarning
birorta sohasiga aloqadorligi», «predmet haqida yaxlit tasavvur hosil qilishga imkoniyat berishi»,
«ma’lum bir metod yordamida qurilishi», «tushunchalar sistemasi shaklida bo‘lishi» ilmiy nazariya’ning
muhim belgilari hisoblanadi. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan
muhim belgilarni, ya’ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan belgilasak, tushunchaning mantiqiy
strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin.
6.
Mantiq fanining yo‘nalishlariFormal mantiq fikrlashning tuzilishi va uning qonunlari haqidagi fandir. Formal mantiq
bilimning konkrent mazmuni, tafakkurning rivojlanishi jarayonini o‘rganishni o‘zidan soqit qiladi. U
fikrlashning mantiqiy strukturasi, shaklini o‘rganadi, uni xarakterlaydigan qonunlarni o‘rnatadi. Bu,
ayniqsa, zamonaviy (simvolik) mantiqning turli yo‘nalishlarida o‘zining yaqqol ifodasini topadi.
Mantiqiy shakllarni simvollar yordamida ifoda etish ularning aniqligi va adekvatligi, qo‘llanish sohasini
kengaytiradi. Buni quyidagi misollar bilan tushuntirish mumkin. Masalan, “Hamma ziyolilar aqliy
mehnat bilan shug‘ullanadilar”, “Hamma kapalaklar hasharotdir” degan fikrlarning mazmuni turlicha
bo‘lsa-da, ularning tuzilishi, shakli bir xildir. Shuning uchun ularni “Hamma S – R dir” yoki “Hamma p –
q dir”, deb ifodalash mumkin. Mazkur formuladan foydalanib, yana boshqa ko‘plab mulohazalarni hosil
qilish mumkin. Bu mulohazalar klassik mantiqda, ya’ni an’anaviy formal mantiqda, odatda, ikki
qiymatlidir, ya’ni ular chin yoki xato bo‘ladi.
Zamonaviy formal (simvolik) mantiqning turli yo‘nalishlarida (ular birgalikda noklassik mantiq
deb nomlanadi) mulohazalarning chinligi turli darajadagi ehtimollikdan iborat bo‘lishi, ya’ni ko‘p
qiymatli (ko‘p ma’noli) bo‘lishi mumkin. Shunga muvofiq ravishda ko‘p ma’noli noklassik mantiq
turlari shakllangan.
Ko‘p ma’noli mantiq hozirgi zamon noklassik mantig‘ining bir tarmog‘i bo‘lib, fikrlashni “chin”,
“xato”, “qisman chin”, “qisman xato” kabi tushunchalar orqali ifodalaydi. Agar umumiy formal mantiqda
mulohazalar ikki qiymatli (chin yoki xato) bo‘lsa, ko‘p ma’noli mantiqda mulohazalar uchta va undan
ortiq qiymatlidir. Shuning uchun bu mantiq “ko‘p ma’noli mantiq” deb yuritiladi.
7.
Bu mantiqda eng oddiy sistema uch ma’nolidir. Masalan, Siz “BMTning Nizomini bilasizmi? degan savolga“ha”, “yo‘q”, “qisman bilaman” kabi javoblarni olish mumkin.
Ko‘p ma’noli mantiqning bir qanchasi matematika va mantiq kesishgan joyda vujudga kelgan
bo‘lib, ularning ba’zilari asosida Kantor to‘plam nazariyasi duch kelgan paradokslar sababini topishga
urinish yotadi. Ma’lumki, nemis olimi Kantor ishlab chiqqan to‘plam nazariyasi bir necha hal qilib
bo‘lmaydigan paradokslar bilan to‘qnashib, ularning sababi aniqlanmagandan so‘ng, undan qutilishga
urinish yo‘lida logitsizm, konstruktivizm, intuitsionizm kabi oqimlar paydo bo‘ladi. Ularda paradoks bilan
bog‘liq ziddiyatlarni zamonaviy formal mantiq asosida hal qilishga urinish kuzatiladi.
Induktiv mantiq – noklassik mantiq yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, unda induksiya, shu jumladan,
matematik induksiya, faktlar etishmovchiligi sharoitida, chinlik ehtimoli qanday bo‘lishidan qat’i nazar,
muammoni hal etish yo‘lida muayyan mulohazalar hosil qilishga imkon beradi, degan xulosaga kelinadi.ga
muayyan matematik induksiya. Induktiv mantiq prinsiplari XX asr olimlari L.E.Brauer va A.Geytinglar
tomonidan ishlab chiqilgan.
Klassik mantiqqa asoslangan matematikada XA (x) ifoda quyidagicha o‘qiladi: “Hamma X A
xossasiga ega”. Klassik mantiqqa ko‘ra, agar bu ifodalar arifmetika aksiomalariga mos kelsa, to‘g‘ri (chin)
deb qabul qilinadi. Matematika uchta musbat sonlarning bir butuni h dan tuzilgan, uni A (h)ning tashkil
topish usuli qiziqtirmaydi. Intuitiv mantiqda bu sonning tuzilish usuli ma’lum bo‘lgandagina AxA (X)
ifodasi chin (to‘g‘ri) hisoblanadi. A ning to‘g‘riligidan (chinligidan) V ning to‘g‘riligini bevosita keltirib
chiqarish metodi ishlab chiqilgandagina, implikatsiya (a → v) chin (to‘g‘ri) hisoblanadi.
8.
Konstruktiv mantiq – matematik mantiqning asosiy oqimlaridan biri. U konstruktiv matematikagaasoslanish hamda intuitiv mantiq qoidalarini tanqidiy o‘rganish negizida paydo bo‘lgan. Mantiqdagi bu oqim ham
Kantor to‘plam nazariyasidagi paradoksni hal qilishga urinish asosida paydo bo‘ldi. Konstruktiv mantiq real
dunyoda mavjud bo‘lmagan, lekin fikrda qurish mumkin bo‘lgan obyektlarni, ularning o‘zaro mantiqiy
bog‘lanishlarini tadqiq etadi.
Logitsizm – bu oqim ham Kantor to‘plam nazariyasidagi paradokslarni hal qilishga intilish asosida
vujudga kelgan. Logitsizm noklassik mantiqning o‘ziga xos tarmog‘i bo‘lib, unda mantiq ilmi va matematikaning
o‘zaro yaqinligiga alohida e’tibor beriladi. Xususan, ba’zi o‘rinlarda mantiqni matematikadan ustun qo‘yishga
intilish, boshqa o‘rinlarda ularni tenglashtirish, bitta fan deb hisoblash hollari mavjud. Uning tarafdorlari
matematikani mantiq doirasiga to‘laligicha kiritish mumkin, buning uchun hech qanday qo‘shimcha tushunchalar
talab qilinmaydi, deb ta’kidlaydilar. Bu fikr matematik haqiqatni aniqlashda juda katta ahamiyatga ega edi.
Matematika rivoji uchun boshqa fanlarga nisbatan mantiq juda katta ahamiyat kasb etadi. Undagi teoremalar,
aksiomalar kuchli mantiqiy asosga ega. Va, umuman, matematika qadimdan mantiqan izchil fan deb hisoblangan.
Biroq, hozirda matematikani mantiq ilmi bilangina bog‘lash orqali fan sifatidagi maqomini o‘rnatish va tushuntirish
mumkin emasligini ko‘pchilik matematik va mantiqshunoslar yaxshi bilishadi.
Intuitsionistik mantiq ham matematikaning rivoji bilan uzviy bog‘liq ravishda shakllangan. Asoschisi
gollandiyalik matematik va mantiqshunos L.Brauer bo‘lib, u va uning tarafdorlari fikriga ko‘ra intuitsiya
matematika va mantiqning asosida yotadi. Ularning ta’kidlashicha, to‘plam nazariyasi bilan bog‘liq paradokslarning
vujudga kelishi nafaqat cheksizlik abstraksiyasini qabul qilish bilan, balki klassik mantiqning qonunlari hamda
muhokama yuritish usullarining yangi bilish vazifalarini hal etishdagi zaifligi bilan ham bog‘liq.
9.
QADIMGI YUNONISTONDA MANTIQQA OID BILIMLARNINGShAKLLANIShI
Mantiq masalalari, dastlab, Parmenidning “Tabiat to‘g‘risida”
asarida, Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit ta’limotida muayyan
darajada ko‘rib chiqilgan. Aristotelgacha bo‘lgan mantiqiy ta’limotlar ichida
Demokritning mantiqiy ta’limoti, Sokratning induktiv metodi va Platonning
dialektikasi diqqatga sazovordir.
Demokrit (er.av. 460-370) mantiqiy ta’limotida fikrning chinligi
muhim o‘rin tutadi. U ko‘proq induksiya va analogiyaga e’tibor beradi.
Haqiqatni bilish uchun yakka buyumlarni kuzatish, his qilish orqali
umumlashtirish zarur deb ta’kidlaydi. Mulohazani subyekt va predikatning
o‘zaro aloqadorligi deb ta’riflaydi. U yetarli asos qonunini ontologik
tushuntiradi. Demokritning mantiqiy ta’limoti Aristotel va F.Bekon
ta’limotlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
Sokrat va sofistlarda ratsional muhokama yuritish. Mayevtika
Sokrat (er.av. 469-399) ta’limotiga ko‘ra, buyumlarning mohiyatini bilib
bo‘lmaydi. Inson, avvalo, o‘z-o‘zini bilishi kerak. “Bilim” umumiylik
to‘g‘risidagi tushunchadir. Haqiqatni aniqlash uchun o‘ziga xos usul darkor.
Bu usul vositasida o‘rganilayotgan buyum haqida umumiy tushunchaga
asoslanib fikr yuritiladi. Haqiqatni aniqlash uchun muxolif fikridagi ziddiyatlar
o‘rganiladi. Predmet haqidagi tushunchalar ziddiyatli bo‘lsa, demak, bilim
yuzaki bo‘ladi. Sokrat haqiqatni aniqlashda induksiya va definitsiyadan
foydalanishni tavsiya etadi. Induksiya – kundalik hayotdagi yakka misollar
asosida umumiy tushunchalarni hosil qilishdir. Definitsiya bahs jarayonida
10.
Platon (er.av. 427-347) ustozi Sokratning umumiy tushunchalar buyumlarning mohiyatiniifodalaydi degan fikrini davom ettiradi. U umumiy tushunchalarni buyumlardan va insonlardan
ajralgan mutlaq g‘oyalar sifatida talqin qiladi, ularni birlamchi deb qabul qiladi. U mulohazani
tafakkurning asosiy elementi deb biladi. Mulohaza ega va kesimning birligidan iborat bo‘lib, tasdiq
yoki inkor ma’nosini bildiradi. Agar mulohazada birlashishi mumkin bo‘lmagan tushunchalar
birlashtirilsa, u xato bo‘ladi. Mulohazalarni tashkil etuvchi tushunchalarni Platon piramida shaklida
tasvirlaydi. Piramidaning uchiga ezgulik tushunchasini qo‘yadi. “Borliq”, “o‘zgarish”, “sukunat”,
“ayniyat”, “tafovut” tushunchalarini eng universal tushunchalar deb ta’riflaydi. Chin bilimga
intuitsiya orqali erishiladi. Platon definitsiya masalasiga katta e’tibor bergan, yaqin jins va tur
belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflash usulini, tushunchalarni dixotomik bo‘lishni bilgan. Uning
“Parmenid”, “Sofist”, “Teetet” dialoglarida mantiq masalalari ishlab chiqilgan.
Platon to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy qonunlarini ta’riflab bermagan bo‘lsa ham, ularning
mohiyatini tushungan. Masalan, “kontradiktor” tushunchalar, mulohazalar, bir vaqtda va bir xil
munosabatda bir buyumga nisbatan chin bo‘la olmasligini ta’kidlagan. “Evtidem” dialogida “bir
narsaning ham bo‘lishi, ham bo‘lmasligi mumkin emas” degan fikri uning nozidlik qonunini
bilganligidan dalolat beradi.
11.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !USMANOV ASADBEK
23.76-GURUH