Similar presentations:
Qurilish huquqiy hujjatlar
1.
QURILISHSOHASIGA OID
ME’YORIYHUQUQIY
HUJJATLAR
2.
“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmikxavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun
(O‘RQ–713-SON, 13.09.2021-y.)
• Seysmik xavfsizligi ta'minlanadigan obyektlar ahamiyatiga ko‘ra quyidagi
toifalarga bo‘linadi:
• I toifa – xavflilik omili past bo‘lgan obyektlar
• II toifa – xavflilik omili o‘rtacha bo‘lgan obyektlar
• III toifa – xavflilik omili yuqori bo‘lgan obyektlar
(yangi qurilgan III-IV toifadagi obyektlar ishga tushirilayotganda)
(III-IV toifadagi obyektlar har o‘n yilda)
• IV toifa – xavflilik omili juda yuqori bo‘lgan
(obyektlar II — IV toifadagi obyektlar har besh yilda)
(suv omborlari to‘g‘onlarida va gidroelektrostansiyalarda instrumental-texnik tekshiruvlar bir yilda
ikki marta o‘tkaziladi)
3.
«O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlashhaqida»gi qonun
(2021-yil 22-fevralda imzolangan)
Avvalgi tahrir
Yangi tahrir
59 ta modda
85 ta modda
(2002-yil 4-aprel)
Loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazadigan
yuzasidan qonun oldida javob berishi belgilandi
4.
Qurilishni nazorat qilish borasida yangi normalar kiritilgan bo‘lib, ular bilanqurilishni nazorat qilish turlari, qurilishni davlat tomonidan nazorat qiluvchi
inspeksiyalar, texnik, mualliflik va ichki nazoratning vakolatlari belgilandi.
Qurilishda sug‘urtalash bo‘yicha yangi modda kiritildi.
Aholi punkti bosh rejalarining loyihalari muhokamasida jamoatchilik
ishtirokini ta'minlashga qaratilgan alohida moddalar kiritilib, ular shaharsozlik
sohasida qarorlarni qabul qilishda fuqarolar fikrlari keng o‘rganilishiga,
ortiqcha mablag‘lar sarflanishi hamda insonlar noroziligining oldini olishga
qaratilgan.
5.
6.
“Respublikada kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmatifaoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Prezident qarori
(PQ–378-son, 22.09.2022-y.)
2023-yil 1-yanvardan ta'lim vazirliklari, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat va Sport
vazirliklari huzuridagi buyurtmachi xizmatlari va ularning hududiy filiallari, Uy-joy kommunal
xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi buyurtmachi xizmatining hududiy filiallari tugatildi.
Tugatilayotgan buyurtmachi xizmatlarining ishlari hokimliklar huzuridagi “Yagona
buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. 2023-yil 1yanvargacha yuqoridagi injiniring kompaniyalarining tashkiliy-huquqiy shakli davlat unitar
korxonasi shakliga o‘zgartiriladi.
7.
“Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish vahududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Prezident Farmoni
(PF–32-son, 09.12.2021-y.)
Tuman (shahar) markazlariga yaqin va uyjoyga talab yuqori bo‘lgan hududlarda 29 ta
“Yangi O‘zbekiston” massivlari quriladi.
Mazkur massivlarda
619 ta uy-joy (21 ming 312 xonadon),
18 ta maktab,
24 ta bog‘cha,
15 ta tibbiyot muassasasi barpo etiladi.
8.
“Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazoratmexanizmlarini takomillashtirish, jarayonning ochiqligi va
shaffofligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Prezident qarori
(PQ–425-son, 17.11.2022-y.)
Qurilish obyektlarini ro‘yxatga
olishdan foydalanishga qabul
qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar
raqamlashtiriladi.
2023-yil
1-yanvardan
tegishli
davlat dasturlari va loyihalari
doirasida
obyektlarning
bosh
loyiha-qidiruv va bosh qurilishpudrat
tashkilotlari
“Shaffof
qurilish” milliy axborot tizimida
elektron tender (tanlov) savdolari
orqali aniqlanadi.
9.
• 2023-yil 1-iyundan:seysmik xavfsizligi IV toifadagi bino va inshootlar bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish
Loyiha-qidiruv tashkilotlari elektron reytingida “S” va undan yuqori toifaga ega tashkilotlar
tomonidan amalga oshiriladi;
seysmik xavfsizligi III–IV toifadagi bino va inshootlar bo‘yicha qurilish ishlari Qurilish-pudrat
tashkilotlari elektron reytingida “SSS” va undan yuqori toifaga (shu jumladan “A” va “B”
turdagi barcha toifalarga) ega bo‘lgan qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan bajariladi.
2023-yil 1-oktabrdan seysmik xavfsizligi II–IV toifadagi bino va inshootlar bo‘yicha loyiha
hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish va nazorat
funksiyalarini amalga oshirish yo‘nalishlaridagi faoliyat yurituvchi mutaxassislarni sertifikatlash
tartibi joriy etiladi.
10.
2024-yil 1-yanvardan obyektlarda davlat nazorati, buyurtmachining texnik nazorati, ishlabchiquvchining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazorati tadbirlarini tegishli yo‘nalishlar
bo‘yicha maxsus bilim va sertifikatga ega mutaxassislar tomonidan amalga oshirish amaliyoti
yo‘lga qo‘yiladi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilarni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kiritib borish
majburiy hisoblanadi va ma’lumotlarning jamoatchilik uchun ochiqligi ta'minlanadi:
qurilish obyektlari ustidan davlat nazorati;
buyurtmachining texnik nazorati;
ishlab chiquvchining mualliflik nazorati;
pudratchining ichki nazorati tadbirlari;
ularda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlar;
ularni bartaraf etish to‘g‘risidagi ma'lumotlar.
11.
“Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanadatakomillashtirish hamda 2023–2027-yillarda aholi punktlarining
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash choratadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori
(PQ–299-son, 11.09.2023-y.)
1. O‘zbekiston hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh sxemasi hamda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni
rejalashtirish sxemalari
2. Atrof zonalari integratsiyasi asosida shaharlarning (shaharchalarning) bosh
rejalari, qishloq aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan
rivojlantirish sxemalari
3. Hududlarning loyiha yechimlarini mujassamlashtirgan master rejalari yoki
batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqiladi.
12.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligivazirligi huzurida davlat muassasasi
shaklida Urbanizatsiya va
shaharsozlik hujjatlarini ishlab
chiqish respublika markazi tashkil
etildi.
Markaz Davlat shaharsozlik
kadastrini yuritadi.
2024-yil 1-iyulgacha “Mening
hududim” elektron platformasi ishlab
chiqiladi.
13.
“Ma'muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligisohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni
(PF–151-son, 28.08.2023-y.)
Qurilish faoliyati subyektlarining
(buyurtmachi, loyihachi, pudratchi
bo‘yicha) “Shaffof qurilish”
majburiy tartibdagi nazorat
tadbirlari milliy axborot tizimining
“Qurilishda davlat nazorati”
elektron platformasida amalga
oshiriladi.
14.
Shaharsozlik sohasidagi quyidagi toifa mutaxassislarni ularning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha har 3 yilda bir marta sertifikatlashtizimi joriy etiladi
2023-yil 1-oktabrdan
loyiha boshqaruvini va texnik nazoratni, shu jumladan yo‘nalishlar bo‘yicha nazoratni olib boruvchi mutaxassislar
loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislar, shuningdek, loyiha bosh muhandislari va bosh arxitektorlari
pudrat tashkilotlarining ichki nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislar
2024-yil 1-yanvardan
nazorat o‘lchovini amalga oshiruvchi mutaxassislar
ekspert tashkilotlari ekspertlari
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari rahbarlari
2024-yil 1-apreldan
tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari
qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari inspektorlari
Sertifikatlash ishlari vazirlik huzurida tashkil etilgan Kompetensiyani rivojlantirish institutiga yuklanadi
15.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilishinspeksiyasiga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar beriladi;
- fuqarolarning murojaatlari asosida xabardor qilish
tartibida tadbirkorlik subyektlari tarkibiga kiradigan
boshqaruv organlarini tekshirish ishlarini amalga oshirish;
- ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari va uy-joylar
mulkdorlari tomonidan issiqlik ta'minotidan foydalanishda
normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan
davlat nazoratini amalga oshirish;
- ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulk va ularga
tutashgan yer uchastkalarida amalga oshirilgan ta'mirlashtiklash ishlarini qonunchilik va texnik jihatdan tartibga
solishga oid normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan
davlat nazoratini amalga oshirish;
- ko‘p kvartirali uylarni saqlash, foydalanish va ta'mirlash,
shuningdek,
ularga
tutashgan
yer
uchastkalarini
obodonlashtirish
uchun
jamg‘ariladigan
barcha
mablag‘larning maqsadli foydalanilishi ustidan davlat
nazoratini amalga oshirish.
16.
“Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazishtartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori (55son, 05.02.2021-y.)
Qarorga ko‘ra:
➖ qurilish sohasida davlat xaridlarini o‘tkazishda tanlov hujjatlarining
umumiy va texnik qismlarini taqdim etish talab etilmaydi;
➖ elektron tanlov (tender) savdolarini amalga oshirish uchun tanlov
hujjatlari va texnik vazifalar faqat tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini va
ularning narx parametrlarini baholash qismi bo‘yicha kompleks
ekspertizadan o‘tkaziladi;
➖ tanlov savdolarida joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi
qurilish-pudrat tashkilotlarining so‘nggi uch yillik hisobot davrining bir yilida
bajarilgan eng yirik ishlar hajmining 1,5 baravaridan oshgan oferentlar
ishtirok etmaydi;
➖ tanlov natijalari bo‘yicha shartnomada belgilangan narxga nisbatan
sifati va hajmiga ta'sir qilmagan holda tejalgan mablag‘lar pudrat
tashkiloti tasarrufida qoldiriladi.
17.
“Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibotlarini takomillashtirishchora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori (579-son, 17.09.2021-y.)
Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-oktabrdan shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini amalga oshirishda:
shaharsozlik hujjatlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali ko‘rib chiqiladi;
davlat mablag‘lari, davlat kafolatiga olingan tashqi investitsiya mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan
ishlarning loyiha hujjatlari “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib
chiqiladi;
boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar loyiha hujjatlari akkreditatsiya qilingan yuridik
shaxslar, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan ko‘rib chiqiladi;
ijobiy ekspertiza xulosalari “Ekspertiza xulosalarining yagona reestri”ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan
olinadi;
ekspertizadan o‘tkazganlik uchun xizmatlar haqini tabaqalashtirilgan tartibda hisoblash tizimi joriy etiladi;
loyiha hujjatlarini ko‘rib chiquvchi ekspert – mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularni sertifikatlash
tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
18.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq,quyidagi
obyektlarning
loyiha
hujjatlarini
ekspertizadan o‘tkazish majburiy emas:
mavsumiy ishlar uchun vaqtincha va maishiy
binolar;
300 kub metrdan ortiq bo‘lmagan alohida
qurilayotgan kichik hajmdagi obyektlar;
ikki qavatdan yuqori bo‘lmagan (sokolni hisobga
olmagan holda) balandligi yer yuzidan 12 metrdan
va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq
bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylar;
joriy ta'mirlanadigan binolar, inshootlar.
19.
“Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdantartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori (577-son,06.10.2022-y.)
2023-yil 1-yanvardan boshlab:
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal ta'mirlash
ishlarining loyiha-smeta hujjatlaridagi qiymati smeta-resurs normalari asosida shakllantiriladi;
qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal ta'mirlash ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirayotgan tadbirkorlik
subyektlari uchun smeta-resurs normalari tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘ladi;
qurilish reglamentlari hamda smeta-resurs normalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar jumlasiga
kirmaydi hamda ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish talab etilmaydi;
shaharsozlik normalari va qoidalari kamida har 3-4-yilda qayta ko‘rib chiqiladi va zaruratga ko‘ra yangilab boriladi;
qurilish materiallari va jihozlariga oid standartlar faqat Qurilish vazirligi tomonidan qabul qilinadi;
shaharsozlik faoliyati sohasiga doir milliy normativ hujjatlar bilan bir vaqtda ruxsat etiladigan xorijiy normativ hujjatlar asosida
ishlab chiqilgan hamda xorijiy davlatlarda ekspertizadan o‘tkazilgan loyihalarning tegishli qismlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi.
Ommaviy ahamiyatga ega obyektlar eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun arxitektura tanlovi majburiy o‘tkaziladi.
20.
E’TIBORINGIZUCHUN
RAHMAT!