3.19M
Category: lingvisticslingvistics
Similar presentations:

Rossiya - maydoni jihatidan yer yuzidagi eng yirik davlat

1.

2.

Rossiya - maydoni jihatidan yer yuzidagi eng yirik
davlat. U Yevrosiyo shimoliy qismida joylashgan
(taxminan 4,1 mln. km.kv – Yevropada, 13,0 mln. km.kv
- Osiyoda).

3.

• Rossiya Federatsiyasi maydoni jihatidan jahonning
eng yirik davlati hisoblanadi. U Sharqiy Yevropa va
Shimoliy Osiyoda joylashgan. Rossiyaning Yevropa
va Osiyodagi qismlarini Ural tog‘lari hamda Kaspiy
va Azov dengizlari o‘rtasidagi Kuma-Manich botig‘i
ajratib turadi. Rossiya qirg‘oqlari Shimoliy Muz,
Tinch va Atlantika okeanlarining havzalariga tegishli
bo‘lgan 12 ta dengiz suvlari bilan yuviladi.
Ta’kidlash kerakki, jahonda faqat 3 ta davlat
birdaniga uchta okeanga chiqish imkoniyatiga ega –
Rossiya, AQSH va Kanada.

4.


Rossiya chegaralarining umumiy uzunligi
dunyoda eng katta bo'lib, u 58,6 ming km ni
tashkil qiladi. Bunda dengiz orqali o'tgan
chegaralar quruqlikdagi chegaralardan deyarli
ikki barobar uzun.
• Rossiyaning quruqlikdagi chegaralari ham juda
uzoqqa cho`zilgan (20 ming km dan ortiq). Sobiq
Ittifoq parchalangandan so'ng Rossiya
qo'shnilarining soni rasman o'zgarmadi. U 16
davlat bilan chegaradosh, dunyodagi boshqa hech
qaysi davlatning bunchalik ko'p qo'shnisi yo'q.

5.

Rossiya - Federativ Respublika. Davlat
rahbari-Prezidentdir. Hukumat ijro
etuvchi organ hisoblanadi.

6.

• Rossiya aralash tipidagi respublika hisoblanadi,
chunki hukumat prezident va parlament tomonidan
birgalikda shakllantiriladi. Konstitutsiyasiga binoan,
Rossiya 85 ta turli maqomdagi hududlar
federatsiyasi hisoblanadi. Rossiya Federatsiyasining
regionlari orasida respublika, oblast, o‘lka, avtonom
okrug, avtonom oblast va federal ahamiyatdagi
shaharlar mavjud. Boltiq dengizi bo‘yidagi
Kaliningrad oblasti Rossiyaning asosiy
hududidanajralgan holda joylashgan bo‘lib, eksklav
geografik o‘ringa ega.
• Maydoni – 17075 ming km2.Aholisi (2018-y.) –
147,3 mln.Poytaxti – Moskva.

7.

8.

Tabiiy sharoiti va resurslari
Rossiya Federatsiyasining hududi shimoldan
janubga 4 000 km dan ortiq, g‘arbdan sharqqa
esa salkam 10 000 km masofaga cho‘zilganligi
uchun mamlakatning tabiiy sharoiti xilma-xildir.
Rossiya hududining 70 % i tekisliklardan
iborat. Eng katta maydonlarni Sharqiy Yevropa
va G‘arbiy Sibir tekisliklari egallaydi. Baland
tog‘lar (Kavkaz, Oltoy, Sayan, Sixote-Alin va
boshq.) Rossiyaning sharqiy va chekka janubiy
qismlarida joylashgan.

9.

Tabiiy boyliklari
Rossiya Federatsiyasi mineral resurslarning
turlari va zaxiralari bo'yicha jahondagi eng boy
mamlakatlardan biridir.
• Rossiya ko`mir, neft va tabiiy gazning ulkan
zahiralariga ega. Undan tashqari mis, qo‘rg‘oshin,
rux, volfram, molibden, qalayi, nikel, boksit,
nefelin rudalariga boy. Oltin, kumush, platina,
olmos qazib olinadi. Osh va kaliy tuzlarining
zaxiralari ulkan.

10.

11.

Iqlimi
• Rossiya, asosan, mo‘tadil, subarktika va arktika
iqlim mintaqalarida joylashgan. Faqatgina Qora
dengiz bo‘yidagi hudud subtropik iqlimga ega.
Hududining 70 % dan ortiq qismi agroiqlimiy
resurslar bilan yetarli darajada ta’minlanmagan
va bu holat qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Asosiy tabiat zonalari – tundra, tayga,
aralash va keng bargli o‘rmonlar, dasht va
o‘rmon-dasht. Rossiya o‘rmon va yer resurslari
bilan eng yaxshi ta’minlangan davlatlardan biri.

12.

• Rossiya, ayniqsa uning Osiyodagi qismi,
suv va gidroenergetika resurslariga juda boy.
Rossiyaning eng yirik daryolari – Yenisey,
Lena, Ob, Amur, Volga. Sibirda joylashgan
Baykal ko‘li Yer yuzidagi eng chuqur va
eng ko‘p chuchuk suv yig‘ilgan ko‘l
hisoblanadi

13.

Aholisi
• Rossiyaning barcha hududlarida,
ayrim arktika va subarktika
rayonlaridan tashqari, doimiy aholi
mavjud, biroq u juda notekis
joylashgan. Aholining o'rtacha
zichligi 1 km.kv ga 8,4 kishini
(Rossiyaning Yevropa qismida 1
km.kv ga 32 kishi, Osiyo qismida
esa taxminan 2 kishi to'g‘ri keladi)
tashkil etadi. Aholi eng zich
joylashgan yerlar (bu zichlik
shimolga va sharqqa tomon kamayib
boradi) Markaziy Rossiyadadir.

14.

15.

Aholisi
• Rossiya Federatsiyasi aholi soni bo‘yicha
jahonda 9-o‘rinda turadi. Rossiyada 1992–2012yillarda aholining tabiiy kamayishi kuzatilgan
bo‘lsa, 2013-yildan boshlab mamlakatda
minimal darajadagi tabiiy ko‘payish qayd
etilmoqda. Lekin demografik vaziyat
Rossiyada barqaror emas. Aholi ko‘payishiga
tashqi migratsiya sezilarli darajada ta’sir
ko‘rsatmoqda

16.

17.

Milliy tarkibi
• Rossiya aholisining milliy tarkibi juda xilmaxildir (100 dan ortiq millat va xalqlar
yashaydi). Aholisining ko`p qismini ruslar
tashkil etadi (80% dan ortiq), ko‘p sonli
xalqlar qatorida tatarlar (5 mln kishidan ortiq),
ukrainlar (4 mln. dan ortiq), chuvashlar va
boshqalarni ajratish mumkin

18.

19.

Urbanizatsiya darajasi
• Rossiyada shahar aholisining ulushi 75 % ga
yaqin. Eng yirik shaharla-ri – Moskva (12 mln.
kishidan ortiq) va Sankt-Peterburg (5 mln.
kishidan ortiq). Hozirda jami 15 ta
«millioner» shahar mavjudQishloq
aholisining joylashishi tabiat zonalari, xo'jalik
faoliyati uchun mavjud bo'lgan shart-sharoitlar,
xalqlarning urf-odatlari va an’analari bilan
bog`liq holda farqlanadi.

20.

21.

22.

23.

24.

Topshiriqlar
•1. Mavzuni o`qish
•2. Yozuvsiz xaritadan
Rossiya davlatini bo`yab
kelish
•3. Muhim ma’lumotlarni
yozih
English     Русский Rules