Emotsiya haqida tushuncha
Emotsiyalar
His-tuyg`u nima?
Hissiyot
Stimullar
Ekspressiya
Hislar mazmuniga va qo`zgaluvchanliga qarab bo`linadi:
Hislar mazmuniga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
SIGNAL FUNKTSIYASI
BOSHQARUVCHANLIK FUNKTSIYASI
HISSIYOTLAR
HISSIYOTLAR PSIXIK FAOLIYATDA UCHTA MUHIM VAZIFANI:
DARAK BERUVCHILIK VAZIFASI
Emotsiyalar – motiv sifatida
VEGETATIV TIZIM
QO`ZG`ALISHLAR
PANTOMIMIK HARAKATLAR
G.DE-SYUPERVILA
EMOTSIONAL HOLATLAR
407.00K
Category: englishenglish

Emotsiya haqida tushuncha

1. Emotsiya haqida tushuncha

2. Emotsiyalar

• Emotsiyalar - lotincha so`zdan
olingan (emovere) to`lqinlashtirish
ma’nosiga ega. Ichki yoki tashqi
qo`zgatuvchilar ta’siriga sub’ektiv
holatda ifodalovchi javob
reaktsiyasidir. Ya’ni hissiyot – tashqi
olamdagi narsa va hodisalarga
nisbatan bo`lgan
munosobatlarimizning va
munosobatlarimizdan hosil

3. His-tuyg`u nima?

• Bu - borliqni o`ziga xos aks etishi
bo`lib unda insonning olamga
sub’ektiv munosabati aks etadi. His
tuyg`u psixik jarayon bo`lib bunda
insonni borliqqa o`zining shaxsiy
ichki sub’ektiv munosabatini aks
etadi.

4. Hissiyot

• Hissiyot o`ziga xos aks ettirish
jarayoni bo`lib, bunda narsa va
hodisalarning bevosita emas, balki
shu narsalarning aks ettirish
jarayonidan hosil bo`ladigan ichki
kechinmalari va munosobatlari aks
ettiriladi. His tuyg`u psixik
jarayongina bo`lib qolmay psixik
holat hamdir.

5. Stimullar

• His- tuyg`uni yuzaga
keltiruvchi sabab
stimullardir. Faoliga ko`ra
hislar stenik (kuchlik) va
astenik (kuchsiz) turlarga
bo`linadi. Hislar tashqi
jihatdan nomoyon bo`lib
ular xatti – harakatlarida,
yuzda namoyon buladi.

6. Ekspressiya

• His tuyg’uning tashki ifodalanishi
ekspressiya deb ataladi. Ekspressiya
bu – hislarning spesifik namoyon
bulishi bulib, u ovozda, mimika,
pontomimika, yurishda, yogi va
kulguda namoyon bo`ladi.

7. Hislar mazmuniga va qo`zgaluvchanliga qarab bo`linadi:

• kuchi, tezligi
barqarorligiga ko`ra
quyidagi emotsional
holatlar ajratiladi.
Kayfiyat,
ko`tarinkilik. Kuchli
xohish istak, affekt,
stress.

8. Hislar mazmuniga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:

• axloqiy hislar, intelektual hislar,
estetik hislar, proksis hislar.
Emotsional holatlarga bog`lik bir
necha nazariyalar mavjud.
Ulardan biri Djeyms- Lange va
ikkinchisi Kennon – Bart
nazariyalaridir.

9.

• Hissiyot olamida
sodir bo`layotgan
narsalardan shaxs
sifatidagi odam
uchun ahamiyatli
bo`lganlari haqida
darak beruvchi
signallar sistemasi
hisoblanadi. Ma’lum
qo`zg`alishlar odam
uchun xotirjamlik
yoki notinchlik

10. SIGNAL FUNKTSIYASI

• Ifodalangan xatti-harakat
(mimika va pantomimika) signal
funktsiyasini bajaradi. Ular
odamning kechinmalarini
boyitadi, yorqinlashtiradi va
boshqa odamlarning idrok
kelishini engillashtiradi.

11. BOSHQARUVCHANLIK FUNKTSIYASI

• Hissiyot olamda sodir bo`layotgan
narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun
ahamiyatli bo`lganlari haqida darak
beruvchi signallar sistemasi hisoblanadi.
Ma’lum qo`zg`alishlar odam uchun
xotirjamlik haqidagi signalga aylanadi.
Hissiyotlarning boshqaruvchanlik
funktsiyasi shunda namoyon bo`ladiki,
barqaror kechinmalar bizning xulqimizni
yo`naltiradi va qarama-qarshiliklarni
engishga undaydi.

12. HISSIYOTLAR

• Hissiyotlar
o`zining yuzaga
kelishi nuqtai
nazaridan
odamning
ehtiyojlari,
qiziqishlari va
intilishlari bilan
bog`liq bo`ladi.

13. HISSIYOTLAR PSIXIK FAOLIYATDA UCHTA MUHIM VAZIFANI:

• darak beruvchilik (signallik),
baholash va boshqaruvchilik
vazifalarini bajaradi. Emotsiyalar
inson va hayvonlarning ular
uchun ahamiyatli bo`lgan
hodisalarga munosabatini aks
ettiradi.

14. DARAK BERUVCHILIK VAZIFASI

• Hissiyotning darak beruvchilik
vazifasi-sub`ektning tashqi
qo`zg`atuvchilarning yoqimli
yoki yoqimsiz ekanligini bildirib
vokealar rivoji davomida o`z
hatti-harakatini qanday davom
ettirish kerakligini aks ettiradi.

15. Emotsiyalar – motiv sifatida

• Emotsiyalarda shaxsning alohida
voqea va hodisalarga beradigan
bahosi ham o`z aksini topadi.
emotsiyalar motiv sifatida inson
hatti-harakatlarini ham
yo`naltirib turadi.

16.

•His-tuyg`ular
emotsiyalarga
nisbatan aks
ettirishning
murakkab shakli
bo`lib, u faqat
insonlarga xosdir.

17. VEGETATIV TIZIM

• Emotsiyalar inson organizmi
vegetativ tizimi faoliyati bilan
ham bog`lanadi: yurak
qisqarishlari tezligi, qon
bosimining o`zgarishi, qon
tomirlarining kengayishi yoki
torayishi bilan va boshqalar.

18. QO`ZG`ALISHLAR

• Hissiyot olamda sodir
bo`layotgan
narsalardan shaxs
sifatidagi odam uchun
ahamiyatli bo`lganlari
haqida darak beruvchi
signallar sistemasi
hisoblanadi. Ma’lum
qo`zg`alishlar odam
uchun xotirjamlik
haqidagi signalga

19.

• Hissiyotlarning boshqaruvchanlik
funktsiyasi shunda namoyon
bo`ladiki, barqaror kechinmalar
bizning xulqimizni yo`naltiradi va
qarama-qarshiliklarni engishga
undaydi.

20.

• Emotsiyalarni boshqaruvchi
mexanizmi kuchli emotsional
qo`zg`alishni kamaytiradi.
Odamlarning hayotida bo`ladigan
qayg`u, kulfat kabi psixik holatlar
xaflidir. Odam ularni boshqarishi
lozim.

21.

• Yuqorida bayon etib o`tilganidek
hissiyotlarini ifodalanishi ma’lum
sinallar vazifasini o`taydi.
• Hissiyot 3 turga bo`linadi: 1) axloqiy
hislar; 2) intellektual hislar; 3)
estetik hislar.

22.

• Axloqiy hislar - shaxsning,
odamlarning va o`zini xulq - atvoriga
emotsional munosabatida
ifodalanadi. Shaxs bu hislarni
kechirar ekan, ijtimoiy axloqiy
printsiplari va normalariga asoslanib,
boshqa odamlarning xattiharakatlariga yoki psixik
xususiyatlariga ham e’tibor beradi,
namoyon etadi.

23.

• Intellektual hislar aqliy faoliyat
jarayonida hosil bo`ladigan
kechinmalarga aytiladi. Ushbu hislar
haqqoniy fikrlarga, soxta, ajablanarli,
shubhali yoki tushunib
bo`lmaydigan, hayratda qoldiradigan
fikrlarga bo`lgan munosabatlari
ifodalanadi. Intellektual hislarga
ajablanishini kiritish mumkin.

24.

• Ajablanish inson bilish faoliyatining
ajralmas tomonidir. Ajablangan va
qandaydir tushunib bo`lmagan
hayratda qoldiradigan narsaga
qaratish odamning bilish ehtiyojlarini
qondirishga intilishdir. Ajablanish
odamning bilish bilan bog`liq
faoliyatini yuzaga keltirishga
undovchi omillardan biridir.

25.

• Ajablanish inson bilish faoliyatining
ajralmas tomonidir. Ajablangan va
qandaydir tushunib bo`lmagan
hayratda qoldiradigan narsaga
qaratish odamning bilish ehtiyojlarini
qondirishga intilishdir. Ajablanish
odamning bilish bilan bog`liq
faoliyatini yuzaga keltirishga
undovchi omillardan biridir.

26.

• . Bunday jarayonlar simpatik va
parasimpatik nerv sistemasi
tomonidan boshqariladi.

27.

• Hissiyotlarni o`rganish uchta yo`nalishi
bo`yicha amalga oshiriladi.
• anglanmagan holda namoyon bo`luvchi
asab tizimi, endokrin, ovqat xazm qilish va
boshqa tizimlardagi o`zgarishlar bilan
bog`liq jarayonlarni;
• anglangan sezgilar bilan bog`liq
jarayonlarni.
• yuz ifodasi, imo-ishora va hatti harakatlarda namoyon bo`luvchi
hissiyotlar yig`indisini o`rganish.

28.

• Hissiyotlar o`zining kuchi,
davomiyligi, sifati va mazmuniga
ko`ra ham farq qilishi mumkin.
Hissiyotlarni eksperimental yo`l bilan
o`rganganda har bir kishining hissiy
holatlari haqidagi nutqiy tavsiflaridan
va vegetativ xususiyatlarni turli
usullar yordamida yozib olishdan
foydalanish mumkin.

29.

• Hissiy holatlarning ifodalanishi (ekspressiv
tomoni)ni o`rganishning qulayligi, tarixiy
xujjatlar, kinoxronika lentalari, fotosurat
va boshqalardan ham foydalanish
mumkin. ekspressiya deganda, insonning
jismoniy va ruhiy holatlarining tashqi
namoyon bo`lishi harakati-mimika,
tananing ifodali harakati -poza, qo`lning
ifodali harakati imo-ishora (jest) ularning
barchasi umumlashtirib, pantomimika deb
ataladi. Insonning ruhiy holati haqida eng
ko`p axborotni mimika beradi.

30.

• Insonning pantomimik
harakatlari yosh va individual
xususiyatlariga bog`liq holda
namoyon bo`ladi.

31. PANTOMIMIK HARAKATLAR

• Pantomimik harakatlar ixtiyorsiz
va ixtiyoriy bo`lishi mumkin.
Ixtiyoriy pantomimika ixtiyorsiz
harakatlar asosida, sub`ektning
hayotiy tajribasi natijasi sifatida
rivojlanadi. Ixtiyorsiz
pantomimik harakatlar shaxsning
ruxiy holati haqida ko`proq
axborot berishi mumkin.

32. G.DE-SYUPERVILA

• G.de-Syupervil inson turli
kechinmalar holatida yuzida
bo`ladigan ifodalarni sxematik tarzda
ko`rsatib berishga harakat qilgan. Bu
chizma ko`z, burun, og`iz,
holatlarining o`zgarishi bilan
tushuntiriladi.

33. EMOTSIONAL HOLATLAR

• Emotsional holatlarning
ifodalanishini o`rganish uchun
quyidagi tajribadan foydalanish
mumkin. Buning uchun insonning
turli ruhiy holatlari aks etgan 1520 ta fotosurat kerak bo`ladi.

34.

• Uning orqasiga inson qanday
hisni kechirayotganligi yozib
quyiladi. SHu bilan birga bir
xil uzunlikdagi turli
kinosyujetlardan ham
foydalanish mumkin.

35.

• Tajribaning birinchi qismida
tekshiriluvchilar fotosuratga qarabixtiyoriy his-tuyg`ularni baholaydilar.
Ikkinchisida esa kinosyujetdagi
ixtiyorsiz kechinmalarni ta`riflaydilar.

36.

• Har ikki tajriba natijalarini taqqoslash
orqali hissiyotlarning ifodalanishidagi
umumiy va farq qiluvchi tomonlarni
aniqlash mumkin.

37.

• Anglangan his-tuyg`ular haqidagi
ma`lumotni olish uchun o`zining hissiy
holatlari haqida hisobot berish metodidan
foydalanish mumkin. Bu metod
hissiyotlarni paydo bo`lish sababi, sub`ekt
tomonidan o`z ruhiy holatlarini idrok qilish
xususiyati, hukmron hislar, psixik
faoliyatda biror buzilishni his qilish yoki
qilmasligi kabi holatlarni aniqlash imkonini
beradi.

38.

• Bu metodning afzalligi tekshiriluvchi
o`zi lozim deb topgan barcha
ma`lumotlarni etkazadi, kamchiligi
esa hissiyotlarni o`lchash imkoniyati
mavjud emas. SHunday paytda
avvaldan belgilangan maxsus
shkalalardan foydalanish maqsadiga
muvofiq bo`ladi.

39.

• Emotsional holatlar shkalasi quyidagicha:
• Kuchli salbiy holatlar - kuchli qoniqmaslik,
nafrat, afsuslanish, dahshatga tushish.
• Kuchsiz salbiy holatlar - kuchsiz norozilik,
qayg`urish, xafa bo`lish, xavotirlanish,
qo`rquv.
• Neytral holatlar: xotirjamlik, ishonchlilik.
• Kuchsiz ijobiy holatlar: kuchsiz zavqlanish,
qoniqish hissi,
• Kuchli hissiy holatlar-kuchli suratdagi
qoniqish, quvonch, shodlanish.

40.

• Tekshiriluvchi u yoki bu hisni qanchalik
chuqur yoki kuchli his qilsa unga
shunchalik yuqori ball qo`yish mumkin.
Hissiy holatlarni laboratoriya sharoitida
turli vegetativ sistemalar faoliyatini
o`rganish orqali ham aniqlash mumkin.
elektroentsofalogramma,
elektrokardiogramma va boshqa
usullardan foydanish juda katta natijalar
olish imkonini beradi.

41.

• Insonni xatti-harkati va ma’lum
ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq
faoliyatga undovchi sababga motiv
deyiladi. Odamning faoliyat
motivlarini o`rganish shaxsning
ma’naviy-psixologik mohiyatini
tushunishda muhim ahamiyatga ega.

42.

• Kishilarning xulq-atvoriga qarab,
uning xatti-harakatlarini tahlil qilib,
ularning motivlarini aniqlashga
intilish lozim. Shunda xattiharakatlarni odam uchun tasodifiy
yoki qonuniy ekanligini anglash
mumkin bo`ladi.

43.

• Bunday xatti-harakatlarni yana
takrorlanishini oldindan ko`ra olish,
shaxsiy holatlarning ayrimlarini
yuzaga keltirmaslikning oldini olish,
boshqalarning taraqqiy etishini
qo`llab-quvvatlash mumkin.

44.

• Ba’zilar mehnatgao`uz ehtiyojlariga
ko`ra sidqidildan munosabatda
bo`lsalar, ba’zilar o`z burchlarini
anlaganliklaridan, yana ba’zilar
o`zlarining qobih niyatlariga erishish
uchun vaqtincha sun’iy munosabatda
bo`ladilar.

45.

• Motivatsiya- odamni faol faoliyatga
undovchi sabablar majmui bo`lib,
xulq atvorni psixologik va fiziologik
boshqarishning dinamik jarayoni
hisoblanib unga tashabbus,
yo`nalganlik, tashkilotchilik, qo`llabquvvatlash kiradi.

46.

• Psixologiyada motivlashtirish deganda
psixologik hodisalarning o`zaro mustaqil
bog`langan, lekin bir-biriga to`la mos
kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi
tushuniladi; a) Individning ehtiyojlarini
qondirish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatga
undovchi sabablar sifatidagi
motivlashtirishdir. Faollik holatini paydo
bo`lishini sub’ektiv ehtiyojlarini izohlab
beradi.

47.

• Motivlashtirish faollik kimga
qaratilgani boshqa xulq-atvor emas,
balki xuddi shunaqasi tanlaganligini
izohlab beradi. Motivlar xulq-atvor
yo`nalishini tanlashni belgilaydigan
sabablardir. Bular birgalikda kishi
shaxsining yo`nalishini tashkil etadi.
v) Kishi axloqi va faoliyatini
boshqaradigan vosita hisoblanadi.
Bularga emotsiyalar, istaklar,
qiziqishlar kiradi.

48.

• Ustanovkalar - yo`nalish,
yo`naltirish ma’nosini anglatib,
kishining tevarak atrofdagi
odamlarga yoki ob’ektga nisbatan
qanday munosabatda bo`lishlarini,
ularni idrok qilinishi, sezish, ularga
baho berish va qandaydir harakat
qilishga tayyorgarligini anglatadigan
holatdir.

49.

• Yo`naltirilgan faoliyat sub’ektning
ma’lum vaziyatda faol yo`l topib keta
oladigan harakatlari majmuidir.
Yo`nalish – tug`ilgan yo`l, maqsad
sari shaxsning xatti-harakati va
faoliyatini aniq sharoitlardan qat’iy
nazar ma’lum yo`lga yo`naltiruvchi
barqaror motivlar majmuidir.

50.

• Ehtiyoj - jonli mavjudodning hayot
kechirishning konkret shartsharoitlariga qaramligini ifoda
etuvchi va bu shart-sharoitlarga
nisbatan uning faolligini vujudga
keltiruvchi holatdir.
English     Русский Rules