36.14M
Category: economicseconomics

O`zbekistonda narxlarni erkinlashtirish va uning bosqichlari

1.

O`zbekistonda
narxlarni
erkinlashtirish va
uning bosqichlari

2.

Narxlarni erkinlashtirish – iqtisodiy islohotlarning eng asosiy
yo’nalishlaridan biri bo’lib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari
ko’p jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog’liq bo’ladi.
Narxni erkinlashtirishning asosiy maqsadlari:
• xomashyo bilan mahsulot ayrim turlari narxlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni
yumshatish;
• milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish;
• ishlab chiqarish vositalari, xalq iste‘mol tovarlari, bajarilgan ishlar va
xizmatlarning erkin narxlariga o`tish;
• investitsion tovarlar, iste‘mol tovarlari va xizmatlar narxlarining oqilona nisbatini
ta‘minlash;

3.

Narxlar quyidagi yo`llar orqali erkin qo’yib yuboriladi:
• Narxlarni qisqa muddatda erkinlashtirish;
• Narxlar o‘sishini sun‘iy ravishda to‘xtatib qo‘yish;
• Narxlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish;
• Narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni
ma‘lum darajada saqlab qolish.

4.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda MDH ning bir qator
mustaqil davlatlar narxlarni erkinlashtirishning «tezkor»
yo‘lini tanlab oldi. Barcha turdagi xomashyo resurslari,
iste‘mol mollari hamda xizmatlar narxini bir yo‘la erkin
qo‘yib yubordi. Natijada narxlar keskin oshdi. Bu aholi
keng qatlamining birdaniga qashshoqlashuviga, ijtimoiy
ahvolning keskinlashuviga olib keldi, ishlab
chiqarishning pasayishiga, milliy sanoat va qishloq
xo‘jaligining izdan chiqishiga sabab bo‘ldi
O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o‘ziga xos tamoyillari,
mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib,
narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo‘li
tanlab olindi

5.

• O’zbekiston narxlarni 3 bosqichda
1-bosqich. 1992-yil boshidanerkinlashtirdi:
kеng doiradagi ishlab chiqarish-tеxnika vositasi bo’lgan
mahsulotlar, ayrim turdagi xalq istе’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin
narxlari va tariflariga o’tildi. Aholini himoyalash maqsadida chеklangan doiradagi oziqovqat va sanoat tovarlari narxlarining chеgarasi bеlgilab qo’yildi, ayrim turdagi
xizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi.
2-bosqich. 1993-yilda kеlishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan
tortibga solish to’xtatildi. Qat’iy bеlgilangan va davlat tomonidan
tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va
ko’rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.
3-bosqich. 1994-yilning oktyabr-noyabr oylarida xalq istе’mol mollari
asosiy turlarining narxlari erkin qo’yib yuborildi, transport va
kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi.
Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi.
Davlat tomonidan turli kompеnsatsiyalar maqsadidagi jamg’armalar tuzildi, ish haqi, pеnsiya va
stipеndiyalarning eng kam miqdori muntazam suratda oshirib borildi, aholining muhtoj qismiga yordam
ko’rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi.

6.

RAHMAT!
English     Русский Rules