Similar presentations:
Galvanik element
1.
EYuKni topishBajardi: 94-21 Ziyodjonov A.
2.
• Galvanik element;• Elektrod potensial miqdori;
• Fizik va fizik-kimyogar olimlar;
• EYUK ni hisoblash;
• Foydalanilgan adabiyotlar.
3.
• Galvanik elementlar deb, oksidlanish-qaytarilishreaksiyalari natijasida kimyoviy energiyani elektr
energiyasiga aylantirib beruvchi elektrokimyoviy
sistemalarga aytiladi.
• Galvanik elementlar boshqacha nom bilan kimyoviy
tok manbalari ham deb aytiladi. Bular qatoriga
akkumulyatorlar, batareyalar kiradi.
4.
• EYUK ni o’rganishni dastlabLomonosov (1750) boshlagan. U
kimyoviy hodisalar bilan elektr
hodisalari o’zaro bog’liqligini
aniqladi.
5.
• Keyinchalik italyan fiziologi Galvani (1780) va italyan fizigiVoltaning (1780) ishlari galvanik elementlarni yaratish imkonini
berdi.
6.
• Agar toza suvga biror metall plastinka tushirilsa, Mendeleyevninggidratlar nazariyasiga ko’ra metall ionlari suvning qutbli molekulalari
bilan ta’sirlashadi, ya’ni metall ionlari suv molekulalari bilan
gidratlanadi. Metall o’zining tuzi eritmasiga botirilgan bo’lsa, unda
quyidagicha uch hol bo’lishi mumkin:
1. Ionlarning eritmaga o’tish tezligi ularning eritmadan metallga o’tish
tezligidan katta bo’lsa, metall manfiy zaryadlanadi.
2. Aksincha, ya’ni ionlarning eritmadan metallga o’tish tezligi katta
bo’lsa, metall musbat zaryadlanadi.
3. Ikkala tezlik bir xil bo’lganda zaryad nolga teng bo’ladi.
Metall bilan eritma o’rtasida hosil bo’ladigan elektrod potensial
miqdori Nernst formulasi yordamida aniqlanadi:
• Bu tеnglikdаgi Е – аyni elеktrоd pоtеnsiаli; Ео – аyni elеktrоdning
stаndаrt (nоrmаl) pоtеnsiаli; R – univеrsаl gаz dоimiysi; T – аbsоlyut
harorat; n – reaksiyadа ishtirоk etuvchi elеktrоnlаr sоni; F – Fаrаdеy
sоni (96500 Kl/mоl), C – mеtаll iоnlаrining kоnsеntrаtsiyasi (mоl/l).
7.
• Volta Aleksandro (1745-1827). Italiyafizigi. U yoshligidantabiiy fanlarni mustaqil
o’rgangan. Kimyo sohasida botqoqlik
gazini tekshirgan. Birinchi bo’lib kimyoviy
usul bilan o’zgarmas elektr tok olish usulini
topdi va bu usul tuz, kislota hamda
ishqorlarni elektroliz qilishda ishlatiladi.
Harorat ta’sirida havo kengayishini
aniqladi. Evdiometrni takomillashtirdi.
8.
• Nernst Valter Fridrix German (18641941). Nemis fizigi va fizik-kimyogari.Berlin fanlar akademiyasining a’zosi. Asosiy
ilmiy ishlari eritmalar nazariyasiga va
kimyoviy kinetikaga bag’ishlangan. Nernst
termodinamikaning uchinchi qonunini kashf
etdi va past harorat sohasida ishladi. Past
haroratlarda tekshirish usullarini ishlab
chiqdi, vakuum kalorimetrini yaratdi, issiqlik
sig’imlari nazariyasini rivojlantirdi va issiqlik
sig’imlarini aniqladi. Fazalar chegarasida
boradigan geterogen kimyoviy
jarayonlarning diffuzion kinetika
nazariyasini rivojlantirdi.
9.
• Yakobi Boris Semyonovich Morits German(1801-1874). Rus fizigi va fizikkimyogari, Peterburg F. A. Akademigi
Berlin va Gettingen universitetlarida
o’qigan. Asosiy ishlari elektromagnetizm
va elektrokimyoga bag’ishlangan.
Galvanoplastinkani kashf qilgan. Tok
kuchini elketr zanjir parametri bilan
bog’laydigan formulani keltirib chiqardi.
Galvanik elementlarning EYUK va ichki
qarshiligini o’lchash usullari hamda
asboblarini ishlab chiqdi.
10.
11.
• Galvanik elementning EYUK kompensatsiya usuli bilananiqlanadi. Galvanik element ishlash jarayonida unda
bo’ladigan o’zgarishlar natijasida EYUK kamaya boradi.
Kompensatsiya usulining mohiyati shundaki, bunda
o’lchanayotgan EYUK ga teng miqdorda qarama-qarshi
yo’nalishda ma’lum qiymatli EYUK ulanadi. Bu sharoitda
qarama-qarshi yo’nalishdagi EYUK lar bir-birini
kompensatsiyalaydi va tekshirilayotgan element tok bermaydi.
EYUK ni o’lchash uchun etalon sifatida ishlatiladigan galvanik
elementga normal element deb ataladi. Bunday element
sifatida Veston elementi ishlatiladi. Bu elementda kadmiyning
oksidlanishi va simobning qaytarilishi hisobiga elektr toki hosil
bo’ladi.