580.09K
Category: economicseconomics

Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan 2-semestr uchun 1-joriy nazorat

1.

“Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan 2-semestr uchun 1-joriy nazorat
TOPSHIRIQLARI
A guruh topshiriqlari
Test shaklidagi savollarga to‘liq javob bering
1. Agar iqtisodiyotda korxona, firma, uy xo‘jaligi, alohida olingan bozorlar
muammosi tadqiq qilinsa, bunday tahlil ...
A. mikroiqtisodiy
B. ilmiy abstraktiv
C. pozitiv
D. normativ;
2. Iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va tashqi savdo
barcha boyliklarning manbai deb hisoblanadi?
A. klassik burjua iqtisodiy maktab
B. fiziokratlar
C. merkantilizm
D. marksistik nazariya
3. Qaysi iqtisodiy oqimda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning va tartibga
solishning asosiy vositasi pul hisoblanadi?
A. Institutsionalizm
B. Monetarizm
C. Keynschilar
D. Liberalizm
4. Yerning tabiiy unumdorligi nima?
A. Qo‘shimcha ishlov berish natijasida oshirilib boriladi
B. Umumiy miqdori o‘zgarmas, maydoni cheklangan
C. Yer muldorlari belgilab o‘zlashtiradigan daromad darajasini belgilab
beradi
D. Ishlab chiqarish faoliyatining umumiy shart-sharoitini belgilaydi
5. Qaysi omil yer rentasini belgilab beruvchi yagona omil bo‘lib
hisoblanadi?

2.

A. Taklif
B. Talab
C. Bozor
D. Raqobat
6. Kvazirenta nima?
A. Barcha javoblar to‘g‘ri.
B. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yer rentasi yerga ishlab chiqarish omil
C. Taklifi noegiluvchan bo‘lgan har qanday omil hisobiga olingan daromad
D. Qandaydir ishlab chiqarish omili taklifi kam yoki ko‘p darajada
cheklangan
7. Quyidagi sanab o'tilganlardan qaysi biri YaIM tarkibiga kiradi?
A. Mahalliy kitob do'konidagi yangi darslikning qiymati
B. Qo'shnisidan foydalanilgan avtomobilni sotib solish
C. Uy bekasining xizmati
D. Brokerdan yangi obligatsiyalarni sotib olish
8. Kapital iste'moliga ajratmalar bu?
A. Sof investitsiyalar
B. Sof chet el investitsiyalar
C. Amartizatsiya
D. Iste'mol tovarini xarid qilish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan
ajratmalar
9. Milliy daromaddan korporatsiya foydasiga soliqlar, taqsimlanmagan
foyda, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini chegirsak va sof tranfert to‘lovlarini qo‘shsak
nima hosil bo‘ladi?
A. Sof milliy mahsulot
B. YaMM
C. Amartizatsiya
D. Shaxsiy daromad
10. YaIM va SIMni aniqlashda takroriy hisob quyidagilarni qo‘shganda
2

3.

nima sodir bo‘ladi?
A. Po'lat eritish va qazib olish sanoatida yaratilgan sof qo'shilgan qiymat
B. Tegirmon va nonvoylik sanoatida zahiralar o'sishi
C. Temir rudasi va po'lat ishlab chiqarish
D. Sotib olingan iste'mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalarining hajmi
11. Yalpi talabga narxdan tashqari ta'sir etuvchi omil(lar)....
A. Barchasi to'g'ri
B. Iste'molchilik sarflaridagi o'zgarishlar
C. Investitsion sarflar
D. Davlar sarflar
12. Narx osonlik bilan oshadi, lekin sekinlik bilan tushadi, bu qaysi samara?
A. Import
B. Iste'mol
C. Boylik
D. Xrapovik
13. Yotiq kesmada yalpi talab kamaysa, milliy ishlab chiqarishning real
hajmi kamayadi, narx darajasi esa ...
A. Tushadi
B. O'zgaradi
C. Ko'tariladi
D. O'zgarmaydi
14. Yalpi talab va yalpi taklif muvozanatligidan kelib chiqib, uning nechta
modeli ajratiladi?
A. 4 ta
B. 3 ta
C. 5 ta
D. 2 ta
15. Keyns modeliga ko'ra yalpi talab va yalpi taklif hajmi o'rtasidagi
muvozanatlik qaysi sabab tufayli buziladi?
3

4.

A. Ishsizlik oshib ketishi
B. Foiz stavkasining oshib ketishi
C. Talabning kamayishi
D. Taklifning kamayishi
16. ... - aholi joriy daromadlarining iste'mol ne'matlari va xizmatlari uchun
ishlatiladigan qismi.
A. Iste'molchilik sarflari
B. Jamg'arma
C. Investitsiya
D. Barcha javoblar to'g'ri
17. ... - Investitsion tavsifidagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi.
A. Jamg'arma
B. Iste'molchilik sarflari
C. Investitsiya
D. Barcha javoblar to'g'ri
18. Nimaning natijasida sotilmay qolgan tovarlar ko'payishi, ishlab
chiqarish qisqarishi, ishsizlik va daromadlar pasayadi?
A. Aholi katta daromadga erishsa
B. Aholi o'z daromadining katta qismini iste'mol qilsa
C. Aholi o'z daromadining katta qismini jamg'arsa
D. Aholi jamg'armaning katta qismini investitsiya qilsa
19. Iste'mol va jamg'arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil nima?
A. Shaxsiy jamg'arma
B. Investitsiya
C. Soliqlar
D. Milliy daromad
20. Iqtisodiy o'sishning nechta omili mavjud?
A. 6 ta
B. 5 ta
4

5.

C. 4 ta
D. 3 ta
5

6.

B guruh topshiriqlari
To‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlang
1. Real YaIM - bu bir yilda ishlab chiqarilgan joriy narxlarda o‘lchangan
tovar va xizmatlar qiymati.
2. Sof eksport miqdori tovar va xizmatlar eksportidan ushbu mamlakat
importining ayirmasiga teng.
3. Qo‘shilgan qiymat o‘z ichiga ish haqqini oladi, lekin foyda miqdorini
olmaydi.
4. Agar ushbu davr davomida narxlar va daromad bir xil mutanosiblikda
o‘ssa, real daromad o‘zgarmaydi.
5. Milliy ishlab chiqarish hajmini o‘lchashda SIM yalpi ichki mahsulotga
nisbatan afzalroq, chunki uni hisoblash osonroq.
6. YaIMning miqdori jamiyatning sof iqtisodiy farovonligini aniq aks
ettiradi.
7. Daromad oqimi asosida hisoblangan YaIM xarajatlar oqimi asosida
hisoblangan YaIMga teng.
8. Qo‘shilgan
qiymat
hisoblanganda,
firmaning
sotuvdan
tushgan
mablag‘idan sotib olingan materiallar qiymatini ayirish kerak, lekin ish haqqini
xarajatlarini ayirish kerak emas.
9. SIM milliy daromaddan amortizatsiya miqdoriga ortiqdir.
10. Shaxsiy va ixtiyordagi daromad miqdori tengdir.
11. SIMni hisoblashda uy bekasining oilaga xizmat ko‘rsatishidagi
xizmatlari ham hisobga olinadi.
12. SIMni hisoblashda sof investisiya hisobga olinadi.
13. Davlat xizmatchilarining maoshi YaIM va SIMni xarajatlar oqimi
asosida hisoblashda hisobga olinadi.
14. Transfert to‘lovlarini olayotganlar uning evaziga davlatga biror nima
berishlari shart.
15. Agar narxlar 1989-yildan 1993-yilgacha bo‘lgan davrda muttasil oshib
6

7.

borgan bo‘lsa, u holda 1989 va 1993-yildagi SIM miqdorlarini taqqoslaganda,
1993-yilda yaratilgan SIMning nominal miqdorini inflyatsiyalash zarur.
16. Amortizatsiya ajtatmalari bo‘maganda, sof investisiya miqdori 0 ga
teng bo‘lardi.
17. SIMni va YaIMni xarajat usulida hisoblashda shaxsiy jamg‘arma
hisobga olinadi.
18. Yillar bo‘yicha SIM o‘zgarishini nisbiy tahlil qilishda solishtirma
narxlardan foydalaniladi.
19. Tovar zahiralarini sotish yalpi va sof investisiyalaming qisqarishiga
olib keladi.
20. YaIM - barcha tovar va xizmatlaming bozor qiymati bo‘lib, muayyan
vaqt davomida mamlakat ichida ishlab chiqarilgan;
21. Yangi uy xarid qilish uchun sarflangan uy xo‘jaligi xarajatlari iste’mol
xarajatlariga kiritiladi.
22. Yalpi talab egri chizig‘i pasayuvchi qiyalik ko‘rinishida bo‘ladi.
23. Yalpi taklif egri chizig‘i uning klassik kesimida yotiq (gorizontal) dir.
24. Klassik maktab ham, keyns maktabi ham uzoq davrda Yalpi taklif egri
chizig'i tik (vertikal) bo'ladi, deb hisoblaydilar.
25. Narxlar darajasining pasayishi pulga talabni qisqartiradi va foiz
stavkasini ko‘taradi.
26. Yalpi taklifning o‘sishi ishlab chiqarishning muvozanatli dara- jasini
va to‘la bandlikka mos keluvchi ishlab chiqarish darajasini oshiradi.
27. Ichki narxlar darajasining oshishi (jahondagiga nisbatan) tovarlar
hamda xizmatlar eksportining o‘sishiga va importining pasayi- shiga olib keladi.
28. Iste’mol qarzlarining yuqori darajasi iste’mol xarajatlari va Yalpi
iste’mol o‘sishini rag‘batlantiradi.
29. Otriqcha ishlab chiqarish quwatlarining qisqarishi kapitalga bo‘lgan
talab o‘sishini sekinlashtiradi va shu asosda Yalpi talabni kamaytiradi.
30. Ishlab chiqarish olmillari bozorida yakka xokimlik g‘oyalarining
7

8.

o‘sishi ishlab chiqarish xarajatlariga va oqibatda Yalpi taklif o‘zgarishiga ta’sir
etishi mumkin.
8

9.

D guruh topshiriqlari
Tushunchalarga mos termin(lar)ni toping
1. Mamlakatda bir yil davomida ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovar
va xizmatlaming umumiy bozor qiymati.
2. Ishlab chiqarish jarayonlari uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish
vositalari (mashinalar, asbob-uskunalar, binolar)ga xarajatlar.
3. Milliy ishlab chiqarish xajmini hisoblashda bir tovar qiymatining oraliq
tovarlar qiymati qo‘shilishi natijasida bir necha marotaba hisobga olinishi.
4. Shaxsiy daromaddan yakka tartibdagi soliqlami chegirish.
5. Tovar va xizmatlar eksportidan Tovar va xizmatlar importini chegirish.
6. Yakuniy foydalanish uchun sotib olingan tovar va xizmatlar.
7. Davlat tomonidan alohida shaxslarga qaytarib olmaslik sharti bilan
beriladigan to‘lovlar.
8. Yakuniy mahsulotga ketgan xarajatlami jamlash.
9. Yalpi investitsiyalardan amortizatsiyani chegirish.
10. Yakuniy mahsulot va va xizmatlarga davlatning barcha xarajatlari
(transfert to‘ovlarisiz).
11. Iste’mol buyumlari va xizmatlami sotib olishga yo‘naltirilgan uy
xo‘jaligi xarajatlari.
12. Joriy yilning jami mahsulotini ishlab chiqarishdan olingan barcha
daromadlami jamlash.
13. Ishlab chiqarilgan barcha mahsulotning bozor narxidan uni ishlab
chiqarishda iste’mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymatini chegirish.
14. Shu davrda iste’mol qilingan kapital qiymatiga teng bo‘lgan yillik
ajratmalar.
15. Firma o‘zining ishlab chiqarish xarajatlari tartibiga qo‘shadigan
soliqlar: ular tovar va xizmatlar narxlarini ko‘tarish yo‘li bilan iste’molchilar
zimmasiga yuklanadi.
16. Amortizatsiya ajratmalari miqdoriga kamaytirilgan YaIM.
9

10.

17. Mulkdorning ko‘chmas mulkdan oladigan daromadi.
18. SIMdan egri soliqlarni chegirish.
19. Joriy yildagi “Iste’mol savati” yalpi bahosining bazis yildagi “Iste’mol
savati” bahosiga nisbati.
20. Soliq to‘lagunga qadar uy xo‘jaligiga tushadigan daromad.
21. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlaming (ishlab chiqarish darajasi,
bandlik, narxlar) muntazam ravishda о‘zgarib turishi bo‘lib, ularning о‘rtacha
muddati taxminan 8-10 yilni tashkil etadi.
22. Qayta ishlab chiqarishning gurkirab rivojlanayotgan ishlab chiqarish
mahsulotni sotish bilan bog‘liq keskin muammoga duch kelgan vaziyatidir.
23. Investisiyalash mutlaqo to‘xtaydigan, iqtisodiyot turg‘unlikka yuz
tutadigan bosqich.
24. So‘nishning eng quyi nuqtasidan o‘tiladigan va iqtisodiyotning
inqirozdan avvalgi holatiga asta-sekin qaytish boshlanadigan bosqich.
25. Iqtisodiyot gurkirab rivojlanadigan, trend ijobiy (musbat) bo‘lganda
ko‘plab makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha inqirozdan avvalgi vaziyatdagi
dastlabki darajaga nisbatan yuqoriroq nuqtalarga erishadigan bosqich.
26. Mamlakat
aholisining
mehnatga
layoqatli
yoshga
yetgan,
ishlamaydigan va qonunchilikka ko‘ra belgilangan muddat davomida ish
qidirayotgan shaxslardan iborat qismidir.
27. Ishchi kuchining zarur hollarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan zaruriy
zahirasidir.
28. Iqtisodiy siklning so‘nish bosqichi tufayli vujudga kelgan ishsizlikdir.
29. Agar ishsizlikning amaldagi darajasi ishsizlikning tabiiy darajasidan 1
foizga yuqori bo‘lsa, joriy YaIMning potensial YaIM ko‘rsatkichdan ortda
qolishi 2,5 foizni tashkil qiladiю
30. Mamlakatda umumiy narxlar darajasining o‘sishidir.
10

11.

E guruh topshiriqlari
Masala(lar)ga to‘liq javob yozilishi kerak
1. Jadval ma’lumotlari bo‘yicha quyidagilarni hisoblang:
a) xarajat oqimlari bo‘yicha YaIM hajmi;
b) daromad oqimi bo‘yicha YaIM hajmi (MHTning eski talqiniga ko‘ra);
v) SIM hajmi;
g) MD hajmi.
Hisob
Korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi
Sof eksport
Dividendlar
Korporatsiyalar foydasiga soliq
Tovar va xizmatlarning davlat tomonidan sotib
olinishi
Alohida qo‘yilmalardan daromad
Foiz
Ijara to‘lovi
Yalpi xususiy ichki investitsiyalar
Yollanma ishchilarning ish haqi
Biznesga bilvosita soliqlar
Iste’mol qilingan kapital hajmi
Shaxsiy iste’mol xarajatlari
Mlrd. so‘m
10
20
105
10
1000
340
400
25
610
3140
400
500
3300
2. YaIM 6000 pul birligiga, iste’mol xarajatlari 4200 pul birligiga, davlat
xarajatlari 900 pul birligiga, sof eksport esa 120 pul birligiga teng.
Quyidagilarni hisoblang:
a) yalpi va sof investitsiyalar hajmi;
b) eksport 450 pul birligiga tengbo‘lsa import hajmini;
v) amortizatsiya 200 pul birligiga teng bo‘lsa SIMni.
3. Mamlakat iqtisodiyotining quyidagi ko‘rsatkichlari asosida SIM (sof ichki
mahsulot), Xn (sof eksport), ID (ixtiyoridagi daromad) va S (jamg‘arma)ni
aniqlang: YaIM - 1700; yalpi investitsiyalar hajmi - 480; sof investitsiyalar hajmi 300; uy xo‘jaliklari iste’molining hajmi - 950; davlat xarajatlari - 230; davlat
byudjetining ortiqchaligi - 20.
11

12.

4. YaIM tarkibidagi qo‘shilgan qiymatni aniqlang:
Ishlab chiqarish
bosqichlari
Paxta ishlab chiqarish
Ip ishlab chiqarish
Gazlama to‘qish
Ko‘ylak tikish
Tayyor ko‘ylakning
chakana narxi
Sotuvning umumiy
qiymati
Qo‘shilgan qiymat
Qo‘shilgan
qiymat
Mahsulotning
bozor narxi
250
330
380
480
590
2030
5. Iqtisodiyot quyidagi ko‘rsatkichlar bilan izohlanadi: YaIM - 600, uy
xo‘jaliklarining iste’moli - 320, sof investitsiyalar hajmi - 110, davlat xarajatlari 90, eksport -120, import - 90, davlat byudjetiga tushgan to‘g‘ri soliqlarning hajmi 40, egri soliqlarning hajmi - 30, tadbirkorlarga berilgan subsidiyalar - 25.
Aniqlang:
a) amortizatsiya ajratmalarining hajmini;
b) milliy daromadni;
с) davlat byudjetining ahvolini.
6. Quyidagi ma’lumotlar asosida SIM, MD va ID aniqlang:
YaIM
Amortizatsiya ajratmalari
Korporatsiyalarning
taqsimlanmagan foydasi
Ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari
Transfert to‘lovlari
Korporatsiyalar foydasiga soliqlar
Shaxsiy soliqlar
Biznesga egri soliqlar
6500
500
300
320
500
120
610
400
7. Faraz qilaylik, 3 xil ne’mat ishlab chiqarilmoqda va iste’mol qilinmoqda.
Jadvalda ularning har birini miqdori va bir birligining narxi 2 yil uchun berilgan.
Laspeyres indeksini, Paashe indeksini va Fisher indeksini hisoblang (2012 yil-asos
12

13.

qilib olingan yil).
8. Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib, yalpi ichki mahsulot va shaxsiy
ixtiyoridagi daromadni aniqlang?
Shaxsiy iste’mol xarajatlari
Transfert to‘lovlari
Ijara haqi
Amortizatsiya
Ijtimoiy sug‘urta badallari
Mulkdan olinadigan daromad
Sof eksport
Dividentlar
Yollanma ishchilarning ish haqisi
Biznesga egri soliqlar
Korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi
Yakka tartibdagi soliqlar
Korporatsiyalar foydasiga soliq
Tovar va xizmatlarni davlat xaridi
Sof xususiy ichki investitsiyalar
245
12
14
27
13
31
3
16
221
18
21
26
19
72
33
9. Agar iqtisodiyotda milliy daromad 90 trln. so‘mni, bisnesga egri soliqlar
milliy daromadga nisbatan 5 foizni tashkil etsa va iste’mol qilingan kapital hajmi
24,5 trln. so‘m bo‘lganda YaIM ni aniqlang.
10. Iqtisodiyotda 3 tovar ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi. Jadvalda
ularning ikki yildagi miqdori va narxi ko‘rsatilgan. Paashe, Laspeyres va Fisher
indekslarini aniqlang.
Yillar
Soatlar
Futbolkalar
Sovutgichlar
2020 yil
narx
20
10
750
miqdor
15
25
5
2021 yil
Narx
miqdor
25
12
8
30
950
8
11. Agar real YaIM 6% kamaysa, aholi soni xuddi shu yili 3% qisqarsa, unda
qanday iqtisodiy holat yuz beradi, fikringizni izohlang.
12. Faraz qilamiz, YaIM 500 mlrd. dollar dan 600 mlrd. dollar- gacha, YaIM
deflyatori esa 125 dan oshdi. Shunday sharoitda real YaIM qanday o‘zgaradi,
13

14.

fikringizni izohlang.
13. Aytaylik, nominal YalM 600 mlrd rubldan 550 mlrd rublga kamaydi,
YalM deflyatori esa 150% dan 100 % gacha. Bu vaziyatda real YaIM miqdorni
qanday о‘zgaradi?
14. O‘rtacha daromad, iste’mol va jamg‘arish ko‘rsatkichlarini aniqlang.
Yillar
Daromad
1
2
3
4
5
6
7
370
390
410
430
450
470
490
Iste’mol (C) Jamg‘arish(S)
APC
APS
375
390
405
420
435
450
465
15. Jamg'arishga chegaralangan moyillik ko‘rsatkichi 0,2 ga, avtonom
iste’mol hajmi 700 ga, chegaralangan soliq stavkasi 0,25 ga, daromadlar darajasi
7000ga teng bo'lsa, topilsin:
a) iste’mol va jamg'armalar hajmi;
b) iste’molga va jamg'arishga chegaralangan moyillik ko'rsatkichlari.
16. Agarda ixtiyoridagi daromad (U) 200ga istemol (S) 180 ga teng
bo‘lsa, unda iste’molga bo‘lgan o‘rtacha moyillik (APC) va jamg‘arishga
bo‘lgan o‘rtacha moyillik (APS) nimaga teng bo‘ladi?
17. O‘tgan yili uy xo‘jaliklarining ite’mol xarajatlari 800 shartli birlikni
(sh.b.) tasarrufdagi daromad miqdori esa 1000 sh.b.ni tashkil etdi.
Joriy yilda jamg‘armalar hajmi 120 sh.b.ni, iste’molga chegaralangan
moyillik esa 82 % ni tashkil qildi.
Topilsin:
a) o‘tgan yildagi yildagi jamg‘armalar, iste’molga va jamg‘arish- ga
o‘rtacha moyillik ko‘rsatkichlari;
b) joriy yildagi iste’mol, tasarrufdagi daromad, iste’molga va jam14

15.

g‘arishga o'rtacha moyillik ko‘rsatkichlari;
c) jamg‘arishga va iste’moga chegaralangan moyillik ko‘rsat- kichlari
18. Avtonom soliqlar midori 200 sh.b., daromadlarning 1 miqdoga
o‘zgarishi soliqlaming 0,2 miqdorga o'zgarishini va jamg‘armalarning 0,25
miqdorga o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Avtonom iste’mol hajmi daromadlarga
nisbatan 15 %. Daromadlar hajmi 4000.
Topilsin:
a) iste’mol va jamg‘armalar hajmi;
v) iste’molga va jamg'arishga o'rtacha, hamda chegaralangan moyillik
ko‘rsatkichlari.
19. YAIMning muvozanatli darajasi 5000; iste’mol funksiyasi S= 500+0,6
Y; investitsiya funksiyasi 1=2000-10000R . Muvozanatli real foiz stavkasini
aniqlang.
20. Investitsiyalar 700 sh.b.ni, tasarrufdagi daromad 3200 sh.b.ni, iste’mol
xarajatlari 2800 sh.b., davlat byudjeti ortiqchaligi 100 sh.b.ni tashkil etdi. Sof
eksport miqdorini toping.
21. Uch yil davomida mehnat sarfi miqdori va uning unumdorligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar jadvalda keltirilgan:
Yil
Mehnat sarfi miqdori,
(soat)
1
1000
2
3
1000
1100
Mehnat unumdorligi (bir
Real YaIM hajmi, (pul
soatda yaratilgan YaIM
birligida)
hajmi (pul birligida))
100
105
105
Aniqlang:
a) Barcha yillar uchun YaIM real hajmini;
b) birinchi yilga nisbatan ikkinchi yili mehnat unumdorligi necha foizga
o‘sdi; buning natijasida (mehnat sarfi o‘zgarmagan holda) YaIMning real hajmi
15

16.

qancha foizga ortdi?
c) ikkinchi yil bilan qiyoslaganda uchinchi yilda mehnat hajmi qancha
foizga o‘sdi; buning natijasida (mehnat unumdorligi o‘zgarma- gan holda) YaIM
necha foizga ortdi?
Mehnat sarfi miqdorining ortishi va uning unumdorligi o‘sishi qanday
iqtisodiy o‘sish omiliga kiradi?
22. Agar yalpi ichki mahsulotdagi kapitalning ulushi 25%, meh- natning
ulushi 75% bo‘lsa,uholda kapital zahirasi yiliga 2%ga, ishchi kuchi soni 3%ga
hamda YAMD esa 2 %ga ko‘paysa, omillaming jami unumdorligini toping.
23. Mamlakatda jamg'arish normasi 28 %ni, aholining yillik o'sish sur’ati
1% ni, mehnat tejovchi texnologik taraqqiyoti sur’ati 2 %ni, asosiy kapitalning
ishlab chiqarish normasi; %ni tashkil etadi. Bitta xodimga to'g'ri keladigan
daromadning (ishlab chiqarish hajmining) barqaror darajasini toping.
24. Solou modeliga ko‘ra aholi sonining o‘sish sur’ati n ga, texnologik
taraqqiyot darajasi esa g ga teng bo‘lsa barqaror holatdagi yalpi ishlab chiqarishning
о‘sish sur’ati nimaga teng bo‘ladi?
25. Erkinjonlarning 6 sotix tomorqasi bor. U har kuni tomorqada 30
minutdan ishlar edi. Endi u kuniga 1 soatdan ishlashga qaror qildi. Endi
oladigan hosil 2 marta ko‘payadimi? O‘z fikringizni asoslang.
26. Nargiza pechenye pishirayapti. Xamirga u ikki barobar ko‘proq shakar
soldi. Nargizaning pishirgan pechenyesi 2 barobar ko‘payadimi? Undan qanday
xulosa chiqarish mumkin?
27. Fermerning 20 ga yeri bo‘lib, bug‘doy yetishtirdi. Yetishtirilgan
bug‘doy hajmi Q(x) =100x – 2x tenglikda ifodalanadi. Q – olingan hosil, s/ga.;
x – yer maydoni, ga. Agar bug‘doyning narxi 210 so‘m va u raqobatli bozorda
sotiladi desak, yerdan foydalanganlik uchun
to‘lanadigan yer rentasini
hisoblang. (Hosila yordamida me’yoriy mahsulot miqdorini aniqlab yechiladi,
chunki raqobatli bozorda narx u olib keladigan me’yoriy daromadga teng.
Me’yoriy daromad esa me’yoriy mahsulotning narxga ko‘paytmasiga teng).
16

17.

Aytaylik, mamlakatning real YaMM 2019-yil 3,5 mlrd. dollar, 2020-yili esa
4,5 mlrd. dollarni tashkil etdi. Aholisi esa shu davr ichida 2 mln. kishidan 2,3
mln.kishiga ko‘paydi.
a) YaIMni o‘sish sur’ati;
b) YaIMni aholi jon boshiga o‘sish sur’atini hisoblang;
28. YaIM hajmi, o‘sish sur’ati va aholi jon boshiga o‘sish sur’atiga ko‘ra
qanday xulosa chiqarish mumkin? Fikringizni izohlang.
29. YaIM 2019-yili 18 mlrd. dollarni 2020-yili esa 25 mlrd. dollarni tashkil
etgan. Shu davrda narxlar 25% o‘sgan. Nominal va real YaIM o‘sish sur’atini
hisoblang. Iqtisodiy o‘sishga qanday omillar ta’sir qiladi?
30. A mamlakatning iqtisodiyotida investitsiya funksiyasi I = 80+0,8Y tenglikda, jamg‘arish funksiyasi esa S= – 40 + 1,2 Y tenglikda ifodalanadi. Y- milliy
daromad. Jamg‘arma 100% investitsiyaga aylanadi, desak, mamlakatda milliy
daromadning muvozanatli hajmini hisoblang.
Nima sababdan muvozanatli hajmi deymiz? Izohlang.
17
English     Русский Rules