3.21M
Category: chemistrychemistry

Tuzlar. Tuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi

1.

Mavzu:Tuzlar. Tuzlar tarkibi, tuzilishi va
nomlanishi.
Tayyorladi: namangan viloyati
Uchqo`rg`on tumani, 1-sonli maktab
kimyo fani o`qituvchisi Nishonova
Nigora Qo`ldoshboyevna

2.

Reja
Tuzlarning tarkibi, tuzilishi
Tuzlarning nomlanishi
Tuzlarning toifalanishi
Tuzlarning fizik va kimyoviy xossalari

3.

Tuzlar deb metal atomlari(Yoki ammoniy NH4)va kislota
qoldig`idan iborat bo`lgan murakkab moddalarga aytiladi.
Tuzlar kislota vodorodining metal atomiga yoki asos
gidroksidining kislota qoldig`iga almashishidan hosil
bo`ladi.

4.

Tuzlarda metall atomlari
kislota qoldig`i bilan
to`g`ridan to`g`ri bog` hosil
qilgan holda birikadi.

5.

6.

Tuzlarning nomi metal atomi va kislota qoldig`i
nomidan keltirib chiqariladi.
Metall atomi nomi
Kislota qoldig`i nomi
Tuz nomi
Tuz formulasi
Natriy
xlorid
Natriy xlorid
NaCl
Kaliy
Karbonat
Kaliy karbonat
K2CO3
Alyuminiy
Nitrat
Alyuminiy nitrat
Al(NO3)3
Bariy
Sulfat
Bariy sulfat
BaSO4
Litiy
Fosfat
Litiy fosfat
Li3PO4
Kalsiy
Sulfid
Kalsiy sulfid
CaS

7.

Tuzlarning toifalanishi
O`rta tuzlar
Nordon tuzlar
Asosli tuzlar

8.

O`rta tuz
O‘rta tuzlar nomi o‘zgarmas valentli
metallar uchun «metall atomi nomi +
kislota qoldig‘i nomi» shaklida
yasaladi. Agar metall atomi
o‘zgaruv chan valentli bo‘lsa va bir
necha xil tuzlar hosil qilsa, metall atomi
nomidan so‘ng uning valentligi qavs
ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi va
qavsdan keyin chiziqcha qo‘yiladi
hamda kislota qoldig‘i nomi
yoziladi: K2SO4

9.

Nordon tuz
Nordon tuzlar nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun
o‘rta tuz nomi o‘rtasiga «gidro» so‘zi qo‘shilib, «metall
atomi nomi + gidro + +kislota qoldig‘i nomi» shaklida
yasaladi.
Agar metall atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa va bir
necha xil tuzlar hosil qilsa, metall atomi nomidan so‘ng
uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi
va qavsdan keyin chiziqcha qo‘yiladi hamda «gidro»
so‘zi va kislota qoldig‘i nomi yoziladi: Fe(HSO4)2.

10.

Asosli tuzlar
Asosli tuzlar nomi o‘zgarmas valentli
metallar uchun o‘rta tuz nomi o‘rtasiga
«gidrokso» so‘zi qo‘shilib, «metall atomi
nomi + gidrokso +kislota qoldig‘i nomi»
shaklida yasaladi. Agar metal atomi
o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa va bir necha xil
tuzlar hosil qilsa, metall atomi nomidan
so‘ng uning valentligi qavs ichida rim
raqami bilan ko‘rsatiladi va qavsdan keyin
chi ziqcha qo‘yiladi hamda «gidrokso» so‘zi
va kislota qoldig‘i nomi yoziladi: FeOHSO
4

11.

Tuzlar orasida ikki tuzning birgalikda uchrab turish holati ham
ma`lum bo`lib, bunday tuzlarni qo`sh tuz deb ataladi va
kimyoviy formulalari qo`shib yozilishi ham, alohida yozilishi ham
mumkin: Masalan, Kaliy-aluminiy sulfat(Achchiqtosh) KAl(SO4)2
yoki K2SO4*Al2(SO4)3

12.

Fizik xossalari
Tuzlar kristall tuzilishdagi qattiq,
turli rangdagi moddalar bo`lib,
suvda har xil erish qobilyatiga ega.
Tuzlar tarkibida kristallizatsion suv
tutishi ham mumkin.

13.

Kimyoviy xossalari
Tuzlar kimyoviy jihatdan faol moddalar bo`lib,
ko`plab o`zgarishlarga uchraydi.

14.

15.

Inson organizmi tuz muvozanatini doimo saqlab
turishga muxtojdir va organism umumiy
massasiga nisbatan 5.5% turli xildagi tuzlar shu
vazifani bajarib turadi.

16.

Osh tuzi(NaCl) va silvinit (NaCl*KCl)
Xo`jaikon, Tubokat, Borsakelmas,
Boybichakon, Oqqal`a konlaridan
qazib olinadi. Fosfarit (Ca3(PO4)2)
Markaziy Qizilqum, Qoraqat, Shimoliy
Jetitov konlaridan olinadi.

17.

Uyga vazifa
1. Tuzlar deb qanday moddalarga aytiladi?
2. Quyidagi tuzlarning tuzilishini va nomini yozing:
Na2SO4, K3PO4, KNO3, CaCl2, MgSO4, Ca(HCO3)2,
(CuOH)2CO3.
3. Kundalik turmushda ishlatiladigan qanday tuzlarni
bilasiz?
4. Sulfat kislota qoldig‘ini tutuvchi necha xil tuzning
formulasini yoza olasiz?
English     Русский Rules